So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Аморим Лиccабонда Гвардиоланинг таъзирини берди, "Ливерпуль" "Байер"га имконият қолдирмади  56 03:00ЕЧЛ. "Реал" бу сафар ўз уйида "Милан"га ютқазди  125 01:39"Пахтакор" устунликка эга бўлган, аммо якунда "Ал Райян" ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 01:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Ғарбий минтақада 4-турдан кейинги ҳолат  0 01:00Элит ОЧЛ. "Ал Насср" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади. Роналдудан гол  24 00:55Аргентина термасининг ЖЧ-2026 саралаш ўйинлари учун қайдномасини эълон қилинди  6 00:35Элит ОЧЛ. Назаровнинг хатоси "Пахтакор"га қимматга тушди  4 00:25АПЛ грандлари "Барселона"нинг 21 ёшли иқтидорига қизиқиб қолишди  14 23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  6 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  29 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  2 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  206 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16

Gonkong O'zbekiston uchun noqulay raqib yoxud avvalgi to'qnashuvlarda qanday natija qayd etilgan? Yangiliklar

Gonkong O'zbekiston uchun noqulay raqib yoxud avvalgi to'qnashuvlarda qanday natija qayd etilgan?

O'zbekiston terma jamoasi ertaga JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Gonkong bilan bellashadi.

Gonkong terma jamoasi "oq bo'rilar" uchun begona hisoblanmaydi. Vakillarimiz shu paytgacha bu mamlakat terma jamoasi bilan 7 bor kuch sinashgan bo'lib, 4 ta o'yinda g'alaba, 3 ta bahsda durang natija qayd etilgan. O'zbekiston bu o'yinlarda 10 ta gol urgan va 3 ta to'p o'tkazib yuborgan. Gonkong bilan yo'llarimizning kesishishi 1994 yil Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida boshlangan. 


Osiyo o'yinlari. Guruh bosqichi. Xirosima. 

O'zbekiston - Gonkong 1:0

05.10.1994. "Bingo sport kompleksi", 929 tomoshabin. 

Hakam: Yotaro Moricu (Yaponiya)

Gol: Azamat Abduraimov, 20

O'zbekiston: Yuriy SHeykin, Fevzi Davletov, Andrey Fyodorov, Farhod Magometov, Aleksandr Tixonov (Ulug'bek Ro'zimov, 65), Ilhom SHaripov, Mirjalol Qosimov, Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov, Rustam Do'rmonov (Igor SHkvirin, 46), SHuhrat Maqsudov.

Navbatdagi qarama-qarshilik oradan 9 yil o'tib bo'lgan. Ravshan Haydarov ustozlik qilgan O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2004 saralashida 2 ta o'yinda ham Gonkongni taslim qilgan. Ushbu kvalifikacion bosqichda Tailand va Tojikiston ham O'zbekistonga raqib vazifasini o'tagan. 

Osiyo Kubogi saralash bosqichi. 

06.11.2003. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 6 000 tomoshabin. 

O'zbekiston - Gonkong 4:1

Hakam: Srinisavan Suresh (Hindiston)

Gollar: Andrey Akopyanc 1, Vladimir SHishelov 16, 67, Anvar Soliev 26 - Lav CHung Bong 45 

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andey Fyodorov, Asror Aliqulov, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvostunov, Timur Kapadze, Vladislav Kiryan, Server Jeparov (Leonid Koshelev, 60), Andrey Akopyanc (Aleksey Nikolaev, 80), Anvar Soliev (Aleksandr Geynrix, 60), Vladimir SHishelov.


Osiyo Kubogi saralash bosqichi. Javob uchrashuvi. 

19.11.2003. Bangkok, "Rajamangala" stadioni. 2 000 tomoshabin. 

Gonkong - O'zbekiston 0:1

Gol: Nikolay SHirshov, 32

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Andrey Fyodorov, Sergey Lushchan, Aleksandr Xvostunov, Vladislav Kiryan, Nikolay SHirshov, Aleksey Nikolaev (Leonid Koshelev, 82), Timur Kapadze, Anvar Soliev (Vladimir SHishelov,46), Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev.

Oradan 3 yil o'tib O'zbekiston - Gonkong yana Osiyo Kubogi saralash bosqichida uchrashdi. Bu safar "oq bo'rilar"ga rossiyalik mutaxassis Valeriy Nepomnyashiy boshchilik qildi. Aytish mumkinki, garchi guruhda Qatar, Bangladesh, Gonkong kabi raqiblar bo'lishiga qaramasdan yaxshigina muammoga duch kelishgandi. O'shanda Gonkong bilan 2 ta o'yinda ham durang natija qayd etilgan. Saralash yakunlangach Valeriy Nepomnyashiy o'rnini Rauf Inileevga bo'shatib bergan edi. 


Osiyo Kubogi saralash bosqichi. 

18.06.2006. Toshkent. "Paxtakor" stadioni, 7 000 tomoshabin. 

O'zbekiston - Gonkong 2:2

Hakam: SHaaban Qosim (Kuvayt)

Gollar: Anvar Soliev 18, Maksim SHackix 35 - SHam Kuok Kyung 66, 87

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Asror Aliqulov, Viktor Karpenko, Aleksey Nikolaev, Vladimir Radkevich, Leonid Koshelev (Vitaliy Denisov,86), Renat Bayramov (Aleksandr Geynrix, 46), Server Jeparov, Timur Kapadze, Anvar Soliev (Ulug'bek Bakaev, 68), Maksim SHackix.

Osiyo Kubogi saralash bosqichi.  Javob uchrashuvi

06.09.2006. Gonkong. Syangan, 7 000 tomoshabin. 

Gonkong - O'zbekiston 0:0 

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Kleckov, Asror Aliqulov, Leonid Koshelev, Server Jeparov, Vladislav Kiryan (Viktor Karpenko, 70), Aleksey Nikolaev, Timur Kapadze, Zayniddin Tojiev (Aleksandr Geynrix, 69), Pavel Solomin (Marat Bikmaev, 81).

CHetlatish: Aleksey Nikolaev, 84


Etibor bersangiz Gonkong bilan Osiyo o'yinlaridan so'ng faqat qita kubogi saralashlarida ro'baro' kelganmiz. 2015 yil Avstraliyadagi Osiyo Kubogi saralashi qurasi bizga yana Gonkongni raqib sifatida duch keltirdi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston terma bu saralashni yomon boshlagan, Gonkong bilan durang, safarda BAAdan mag'lubiyat qabul qilib olgani yodimizda. "Ajdaho"larga qarshi kechgan birinchi o'yinda 0:0 hisobida murosa ko'chasi tanlangan. O'sha yilning noyabr oyida bo'lgan javob o'yinida ham yaxshigina raqib yaxshigina qarshilik ko'rsatgan. Faqatgina 84, 89-daqiqalarda Odil Ahmedov va Vohid SHodievning gollari muhim g'alaba va Osiyo Kubogi yo'llanmasini taqdim qilgandi. 

Osiyo Kubogi saralash bosqichi. 

06.02.2013. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 16 287 tomoshabin. 

O'zbekiston - Gonkong 0:0 

Hakam: Ali Abdulnabi (Baxrayn)

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal SHorahmedov, Anzur Ismoilov, Artyom Filiposyan, SHoxruh Gadoev (Sanjar Tursunov, 75), Aziz Xaydarov, Server Jeparov (Marat Bikmaev, 82), Ulug'bek Bakaev, Odil Ahmedov, Timur Kapadze (Aleksandr Geynrix, 44), Jasur Hasanov 


Osiyo Kubogi saralash bosqichi. Javob uchrashuvi. 

19.11.2013. Gonkong, "Mong Kok" stadioni. 5679 tomoshabin. 

Gonkong - O'zbekiston 0:2

Hakam: Navaf SHukurulla (Baxrayn)

Gollar: Vohid SHodiev 84, Odil Ahmedov 89

O'zbekiston: Eldorbek Suyunov, Davronbek Hoshimov (Bahodir Nasimov,46), Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aziz Xaydarov, Vohid SHodiev, Igor Sergeev (Server Jeparov, 82), Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov (SHavkat Salomov, 74)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика