Gomes "Atalanta"dan ketishi mumkin
14 dek 2020 01:44
Yangiliklar


Gomes "Atalanta"dan ketishi mumkin
"Atalanta" sardori Alexandro Gomes yanvar oyida klubni tark etishi kutilmoqda, deya xabar tarqatdi Sky Sport Italia.
Argentinalik yarim himoyachi va bergamoliklar ustozi Jan Pero Gasperini o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.
Ayni paytda futbolchiga "Torino" qiziqish bildirmoqda. Turin klubi rahbariyati Gomes hujumda Andrea Belotti bilan yaxshi juftlik bo'la olishiga ishonadi. Biroq, Gomesning talablari "Torino"ga to'g'ri kelmasligi mumkin (u yiliga 2 mln evro maosh oladi).
Alexandro Gomes joriy mavsum 9 o'yinda 4 gol va 2 samarali uzatmaga muallif bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
12:42
Gvardiol, Balde, Mendi... FourFourTwo dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilari reytingini tuzdi 11

Fikrlar