Gomes A Seriyaga qaytishni xohlamadi
06 iyu 2021 11:11
Yangiliklar
Gomes A Seriyaga qaytishni xohlamadi
"Sevilya" yarim himoyachisi Alexandro Gomes "Milan" taklifini rad etdi.
O'yinchining agenti Juzeppe Riso uning mijozi hozirgi klubida qolishni xohlayotganini malum qildi.
Argentinalik futbolchining ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi yana 3 yilga amal qiladi.
Gomes Italiyada "Kataniya" va "Atalanta" klublari sharafini himoya qilgan. 33 yoshli xavbek yanvarda 5 million evro evaziga Bergamo klubidan "Sevilya"ga o'tgandi.
Fikrlar