Golovin Yevropa grandlari e'tiborida

Aslanov Jasurbek
17 may 2019, 17:12
"Monako"ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga Yevropa grandlari qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli futbolchini "Inter", "Tottenxem" va "Arsenal" kuzatmoqda. "Shporlar" Golovinni Kristian Eriksen, "to'pchilar" esa Mesut O'zil o'rniga olib kelmoqchi.

"Monako" esa Golovinni sotish niyatida emas va rossiyalik futbolchini kamida 30 mln. evroga qo'yib yuborishi mumkin.

Aleksandr joriy mavsum Liga 1ning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com