So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   3 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Gollar yomg'iri: A Seriya 2-turi qanday o'tdi? Yangiliklar

Gollar yomg'iri: A Seriya 2-turi qanday o'tdi?

26-28 sentyabr kunlari A Seriyaning navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" va "Roma" durang o'ynadi

Pirloning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi, ammo Rimdagi uchrashuv baribir qiyin sinov, shu sababli undan umid katta edi. Roma" o'yin boshidanoq bosim o'tkazib, raqibining xatolaridan foydalana boshladi. Epizodlardan birida Genrix Mxitaryan ajoyib reyd namoyish etdi, lekin oxirgi zarbani to'g'ri SHensniyga yo'lladi. "Yuventus" kam hujum qildi va asosan individual mahoratga tayanib harakat qildi, shunday bo'lsa ham Kulushevski bu safar ham juda faol ediVeretuning zarbasidan so'ng to'p Raboning qo'liga tegdi va vaziyat o'zgardi. Franciyalik nuqtadan juda zo'r zarba bergani yo'q, lekin to'p baribir darvoza ichiga tushdi. "Yuventus" oldinga jasurlik bilan harakat qila boshladi va penalti ham ishlab oldi: Lorenco Pellegrini nelovko vystavil ruku v shtrafnoy. Penaltidan tepish uchun Krishtianu bordi va imkoniyatdan unumli foydalandi. Eng qizig'i, "Roma" keyingi daqiqalarda (45+1) javob golini urdi. "Yuventus"ning markaziy yarim himoyasida muvaffaqiyatsizlik yuzaga keldi: Genrix Mxitaryan qulay vaziyatga chiqib ketdi va to'pni Veretuga etkazib berdi, francuz esa dubl qildi.

Tanaffusdan so'ng "Roma" himoyada o'ynashni hayoliga ham keltirib o'tirmadi, Jeko ikkita himoyachini aldab o'tdi, biroq to'p shtangaga tegdi. "Yuventus" asta-sekin tashabbusni o'z qo'liga oldi, lekin bunga Raboning qizil kartochkasi halal berdi. Mehmonlar gol urdi, Danilo yaxshi pas berolmadi, ammo Krishtianu havoda shunchalik yaxshi harakat qildiki, to'pni to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi. Natijada o'yin durang bilan o'z yakuniga etdi.


"Napoli" peshqadam

Har ikki jamoa birinchi turda g'alaba qozongani uchun ular o'rtasidagi bahs katta qiziqish bilan kutilgandi. Gattuzo o'yinga super-hujumkor tarkibni qo'ydi va bu tez fursat ichida o'z natijasini ko'rsatdi. Mertens 10-daqiqada Lozanoga havodan to'pni ajoyib tarzda etkazib berdi, u esa to'pni to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi. SHundan so'ng, "Jenoa" o'ziga kela oldi va bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo hech bir ijobiy natija bermadi. "Napoli" tezkor hujumlar bilan "grifonlar"ga zarba bera boshladi, biroq ularda ham ijobiy natija bo'lmadi.

Lekin 2-taym boshlanishi bilan Osimxenning ajoyib uzatmasidan Zelinskiy gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Napoli"ning bosimimidan "Jenoa" sustlasha boshladi. Natijada Zelinskiy bergan pasdan Mertens unumli foydalandi va hisobni 4:0 qildi. "Jenoa"ning yana kichik xatosi tufayli Mertnes to'pni Lozanoga oshirib, meksikalik futbolchi esa dubl qayd etdi. "Jenoa" o'zini butkul yo'qotib qo'ygandi, "Napoli" esa yanada kuchli bosim o'tkaza boshladi. Xyusay va Elmas juft holatda harakatlandi va kombinaciya yarim himoyachining aniq zarbasi bilan yakunlandi. Bahsning 72-daqiqasida Politano ajoyib gol urdi va hisobni yopdi.


"Atalanta" g'alabadan boshladi

"Torino" o'tgan turda juda sust o'yin ko'rsatgandi, biroq "bergamaliklar" bilan bo'lgan bahsdan so'ng Jampaolo shogirdlari ancha kuchaygani bilingandi. Avvaliga Dzadzaning kuchli zarbasidan to'p ustunga tegdi, keyin esa Tomas Rinkon nozik to'p uzatishi bilan Belottini qulay vaziyatga chiqardi va hujumchi to'pni darvozabonning yonidan o'tkaza oldi. "Atalanta" bunga tezda javob berdi: Sapata sherigi Gomesga pas berdi, mehmonlar sardori esa uzoq masofadan zarba berib, Sirigu darvozasini ishg'ol etdi. Papu juda faol o'ynadi, ammo undan avval Gosensning zarbasi noaniq chiqdi, keyin esa u havodan etkazib bergan to'pidan Muriel unumli foydalandi va gol urdi. Bu uchrashuvda Gomesning paslari ideal darajada chiqdi, taym oxiriga kelib uning pasi tufayli Xatebur raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ammo bu hali hammasi emas. 43-daqiqada turinliklar o'yinchisi Mergim Voyvoda qanotdan sherigiga to'p etkazib berdi, Belotti esa boshi bilan gol urishga erishdi.

Ikkinchi taymda o'yin biroz kutilganidek tinchlandi, ha, "Torino" mehmonlar himoyasini yorib o'tishga harakat qildi. Biroq "Atalanta" gol urishga muvaffaq bo'ldi. Muriel to'pni jarima maydoni markaziga olib bordi, u erda De Ron esa chiroydi zarba bilan gol urdi. Qolgan vaqt ichida "Torino" "bergamoliklar"ga hisobda yaqinlashishi uchun bir qancha imkoniyati bo'ldi, lekin boshqa gol bo'lmadi. "Atalanta" mavsumni o'z uslubida boshlab oldi, "Torino" esa ketma-ket 2ta mag'lubiyatdan so'ng nimalarga ko'proq etibor berish kerakligi haqida o'ylab ko'rishi lozim.


"Inter" va "Fiorentina" ijrosida shou 

"Inter" haqli ravishda A Seriya favoritlaridan biri sifatida qaralmoqda. Jamoa tarkibini kuchaytirishga muvaffaq bo'ldi va bu tarkib qanday o'yin ko'rsatishi juda qiziq edi. Kuame 3-daqiqadayoq to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. "Inter" kutilmagan zarbadan keyin yanada katta ishtiq bilan oldinga bordi, lekin uzoq vaqt Konte shogirdlari aytarli hech nima qila olishmasdi, jamoaning o'yini qovushmasdi. Lautaro nisbatan faolroq ko'rinardi, aynan u avvaliga penalti ishladi, lekin takroriy lavhani ko'rgach, hakam uni bekor qildi, keyingi vaziyatda Barelladan to'pni qabul qilib olgan argentinalik darvoza burchagiga kuchli zarb bilan to'pni yo'lladi. Tanaffus yaqinlasharkan o'yindagi eng qiziq voqealar ikkinchi bo'limda kutayotgani sezilardi.

Va yana Lautaroning faolligi, bu safar hujumchi Eriksendan uzatmani qabul qildi va jarima maydoniga kirib borib kuchli zarb bilan uzatmani amalga oshirdi... CHekkerini to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi. Bu gol "fialkalar"ni uyg'otib yubordi va ular faollashishdi. Avvaliga Kastrovilli Riberidan to'pni qabul qilib olib, jarima maydoniga yorib kirdi va hisobni tenglashtirdi, keyin esa Riberi bitta pas bilan raqib himoyasini dog'da qoldirdi va Keza to'pni noaniq yo'llamasa bo'lgani edi. De Vreysiz qolgan "Inter" himoyasi chindan darvozasi yo'q shaharni eslatardi. Kontening baxtiga hujumdagi ishlar yurishib turgandi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sanches qanotdan Xakimini olg'a boshladi, "Inter" yangi futbolchisi o'ylab o'tirmay Romelu Lukakuni topdi va hujumchi birgina harakat bilan navbatdagi golini urdi. Lekin bu ham hali hammasi emasdi. Sanches o'yin oxirlarida to'pni Danilo D`Ambrozioga havodan uzatdi, futbolchi o'yin davomida bir necha bor xatoga yo'l qo'ygandi, bu safar bosh bilan zarba berib, o'sha xatolarin yuvishga erishdi. "Inter" og'ir o'yinda g'alaba qozondi, lekin Konte jamoasiga savollar etarli.


"Lacio" ishonchli g'alabaga erishdi

"Lacio" skudetto uchun kurashdagilar ichida soyada qolib ketgandek. Ammo bu jamoaning naqadar xavfli raqib ekanligini bekor qilmaydi. Gaplarimizni "burgutlar" "Kalyari" bilan bellashuvning 4-daqiqasidayoq isbotlab qo'yishdi. Adam Marushich to'pni jarima maydoniga uzatdi Laccari esa yaqin masofadan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Tabiiyki, mezbonlar hujumga oshiqishdi. Eusebio Di Franchesko jamoasiga hujumkor futbol o'ynashni "o'rgatish" niyatida. Ammo o'yinni eslarkansiz, faqatgina Simeonening zarbasini yodga olish mumkin. "Lacio" esa 2-golga yaqinroq edi, biroq avvaliga Milinkovich-Savich to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ya olmadi, keyin Immobile yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ololmadi.

Ikkinchi bo'limda "burgutlar" asabiylashishiga to'g'ri keldi, Pedroning kuchli zarbasini Strakosha qaytargan bo'lsa, Simeone qaytgan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. O'yin bunday davom etsa, so'nggi daqiqalar juda og'ir bo'lishini tushungan "Lacio" yana hujumga zo'r berdi va gol ura oldi. Marushich qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni Immobilega etkazdi, CHiro esa "Oltin butsa"ga 1-qadamni tashladi. Qolgan vaqt davomida xavfli vaziyatlar bo'lmadi va "Lacio" mavsumni ishonchli boshlay oldi, "Kalyari"ga esa vaziyatlardan foydalanish pand bermoqda deyishimiz mumkin.

SHuningdek, "Benevento" "Sampdoriya" ustidan g'alaba qozondi, "Milan" "Krotone"dan kuchliroq chiqdi, "Speciya" "Sassuolo"ga mag'lub bo'ldi. 


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика