Gollandiyada tur qahramoni Van Bastenning rekordini yangiladi
22 dek 2013 23:34
Yangiliklar

Gollandiyada tur qahramoni Van Bastenning rekordini yangiladi
"Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi 17 yoshli Yayro Ridevald, "Roda" - "Ayaks" uchrashuvining 80-daqisida maydonga tushib jamoasi g'alabasini taminlay oldi.
Uchrashuvda "Ayaks" 1:0 hisobda ortda borayotgan edi. SHunda jamoa bosh murabbiyi Frank de Bur o'rinbosarlar tarkibida to'p tepayotgan himoyachini maydonga tushirdi. Garchand himoyachi bo'lsada, Ridevald 88 va hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada gol urib amsterdamliklarga o'ta muhim bo'lgan uch ochkoni keltirdi. Bu bilan futbolchi shu kunga qadar afsonaviy Marko van Bastenga tegishli bo'lib turgan rekordni yangiladi. Gap shundaki, Ridevald "Ayaks" tarixiga debyut o'yinida gol urgan eng yosh futbolchi unvonini o'ziniki qilib oldi. Van Basten gol urganida 17 yoshu 154 kunlik edi. Ridevald esa roppa-rosa 50 kunga ertaroq zafar quchishga muvaffaq bo'ldi.
Uchrashuvdan so'ng, "Ayaks" futbolchilar himoyachini boshlariga ko'targan holda maydondan olib chiqdilar. Ikkinchi goldan keyin Ridevald quvonchdan futbolkasini echkanligi uchun sariq kartochkaga munosib ko'rilgan.
RODA - AYAKS - 1:2 (1:0)
Gollar: Deykxyoyzen, 34 (1:0). Ridevald, 88 (1:1). Ridevald, 90+2 (1:2).
Golladiya chempionati turnir JADVALI bilan tanishing.

Fikrlar