So’nggi yangiliklar

02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  17 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  10 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  9 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  4 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  4 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  5 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  49 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0

Golini onaga baxshida qilgan Abdullaev Osiyo chempionatiga ham borishi kerak emas edi Yangiliklar

Golini onaga baxshida qilgan Abdullaev Osiyo chempionatiga ham borishi kerak emas edi

Himoya chizig'ining eng faol o'yinchisi bo'lib turgan Dilshod Abdullaev 2018 yil jamoamizga tashrif buyurgandi.

"Paxtakor" klubida o'sha yillar pala-partish ishlar bo'lib o'tgan. Asosiy etibor faqat bosh jamoaga qaratilgan paytlardan unumli foydalangan edim. Futbol shunday, unda yo sen, yoki seni.


1-2 million dollarlik o'yinchilarni doimiy o'ynatamiz deb o'ylagan klub uchun akademiya ikkinchi darajaga tushdi. Natijada Leonid Koshelevni jamoa ishdan oldi. Men "Paxtakor"da o'z nomiga ega futbolchi bo'lgan 6 raqam egasiga ish taklif qildim. Buni qarangki, uni ortidan deyarli to'liq tarkib keldi. Qizig'i, uni futbolchilari bilan ketishiga hech kim to'siqlik qilmadi.



2019 yilning 12 may sanasi. Dilshod shu kuni 13 yoshga to'ladi. Sovg'a sifatida uni "Roma" - "Yuventus" o'yiniga olib tushdim. SHu kuni u Jeko, SHaravi, Dibala, Ronaldu, Kellini kabi o'yinchilarni stadiondan turib kuzatdi. Endigi maqsad, yillar o'tib shu stadionlarda to'p tepish.


Olmazor BO'SMda faoliyatini boshlagan Abdullaev ham o'sha palla "Paxtakor"ga endi kelgan edi. Xullas, bizda 2006 yillar jamoasi ish boshladi va unga Leonid Koshelev bosh murabbiy etib tayinlandi. Ko'p o'tmay bolalar ko'paya boshladi, ikkinchi tarkibga Jahongir Usmonov bosh murabbiy bo'ldi. Dilshod esa aynan shu tarkibga o'tishni maqul ko'rdi. 2018 yil Server Jeparov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida yig'inga chaqirdi, ammo u O'zbekistonda tug'ilib o'sgan bo'lsada, pasporti Qozog'istonniki edi. Sababi, ota va onasi asli turkistonlik o'zbeklardan. Bu erga ish bilan kelib qolishgan. 2019 yil O'FAga juda ko'p marotaba bu bolaga o'zbek fuqaroligini olib berish kerakligi bo'yicha murojaatlarim bekor ketdi. Orada "Qayrat" jamoasidan selekcionerlar kelib unga Olmaotada asosiy tarkibdan joy va Qozog'iston terma jamoasiga yo'llanma vada qilishdi. SHu erda Qahramon aka (otasi) bilan gaplashib, O'zbekistonni tanlashi kerakligi, biz albatta Osiyo chempionati orqali JCHga chiqishimizga ishontira oldim, besh tashlandi. Bu orada Odil Ahmedov faoliyatini tugatib O'zbekistonga qaytdi va Abdusalom Azizovga u haqda malumot kiritdi. Oradan 1 hafta o'tib u O'zbekiston fuqarosi sifatida keyingi mashg'ulotlarga qo'shildi.


Bu paytda u Akmal Xolmatov va Aziz Eshonxo'jaev qo'l ostida "Olimpik" U-19 jamoasining asosiy tarkibiga kirib olgandi. Unda endigina 15 yosh edi. O'zidan kattalarga qarshi o'yinlarda yo'qolib qolmadi.


Yodingizda bo'lsa JCH yo'llanmasini bizga taqdim qilgan Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindagi ikkinchi golni aynan u urgandi. SHu musobaqaga u keta olmas edi. Sababi, onasining tibbiy holati og'ir, rak kasalligining oxirgi stadiyasi bilan og'riyotgandi. 7 marotaba ximiya olgan onani tashlab ketishga jazm etmadi. SHunda u bilan gaplashdim.


- Disha! Ona uchun eng katta darmon bu farzandning muvaffaqiyati. Ishon, agar sen Osiyo chempionatiga borib terma jamoa bilan muvaffaqiyat qozonsang, hech qanday dori sening bu ishing kabi foyda bo'lmaydi!


Keyin otasi aytib qoldi, ahvol juda og'ir.


Men Ravshan Ermatovga telefon qildim. Jahongir aka (Usmonov)ga iltimos qilib ko'ramizmi, yaxshi tanishlari ko'p deb. Vaziyatni bilgach Sayfutdinovich Jahongir Mirabrorovichga telefon qildi. O'sha zahoti Jahongir akani shahsan o'zi aloqaga chiqdi. SHu insonni kamtarligini juda hurmat qilaman. Bir deganda eng yaxshi shifokorlar jamlanishdi. Onaning holati "stabillashdi". Dilshod Osiyo chempionatiga yo'l oldi. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan keyin gul oldimda, shunday farzandni tarbiyalagani uchun onaxonni tabriklagani yo'lga chiqdim. Juda xursand edilar. Afsuski ko'p o'tmay ular bu dunyoni tark etdilar.


Mana endi tushungan bo'lsangiz kerak, manovi surat nima uchun bunday nishonlanganini. Kanadaga qarshi o'yinda garchand gol raqib himoyachisiga yozilgan bo'lsada, ammo uni mehnati Abdullaevniki edi.





"Nodir aka, avvalo bizni qo'llab turgan barcha barchaga rahmatimni aytaman. Men bu golni urishim shart edi. Men shu yo'l bilangina onamni haqlariga duo qilishni niyat qilgandim. Ishonaman, men ularga munosib farzand bo'la oldim", - deydi kechagi o'yindan keyin Abdullaev.



- Senlar uchun juda xursandman, afsus o'zim bora olmadim. Zo'r bo'lyaptimi?

- Nimasini aytasiz? Hammasi zo'r, bugun maza qildik. Kanada bilan o'yindan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. Bolalar bilan bu erga aylangani kelmaganimizni his qilardik. Buni maydonda isbotlash qolgandi xolos. Kanada bilan o'yindan oldin matbuot kotibimizga bugun gol uraman, suratga olasiz degandim. Niyatimga etdim. Tashkilotchilik zo'r, lekin men uchun muhimi maydondagi vazifam.


- Evropaning ikkita grand jamoasi bilan yaxshi o'ynay oldik. Qaysi o'yin qiyin kechdi.

- Ikkisida ham oson bo'lmadi. Ikkisi ham biz uchun finalga teng o'yin edi. Ispaniyaga mag'lub bo'la turib durangga erishdik, Angliyani esa yutdik. Murabbiyimizni Angliyani sinchkovlik bilan o'rganganlari foyda berdi. Endi Franciya bilan o'yin. Ketma ket Evropa jamoalariga qarshi o'ynashni barcha futbolchilar orzu qilsa kerak.



- Omad!

- Sizga va shu kungacha meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman.


- Niyatimni bilasan-a?

- Ha, chet elga ketsak, Siz VIP tribunalarda o'yinlarimizni tomosha qilsangiz!

- Yasha, o'g'il bola!


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика