So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  35 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

G'olib qurolbardor Yangiliklar

G'olib qurolbardor

Ispaniyaning Valensiya klubi muxlislari Gari Nevill boshqaruvidagi jamoaning natijalarini kuzatisharkan, faqat o'tmishdagi buyuk g'alabalarnigina sog'inib yashashardi.

Jamoaga yangi murabbiy - Pako Ayestaran kelgach esa ko'r sichqonlarda o'zlariga bo'lgan ishonch qayta uyg'ondi va birin-ketin muvaffaqiyatlar qo'lga kiritila boshlandi.

1998 yil mayida Rafa Benites elitaga kamtaringina Ekstremaduru klubini olib chiqish orqali murabbiylik sohasidagi ilk muvaffaqiyatini qo'lga kiritgandi. Oradan 4 yil o'tgach, Benites bosh­qaruvidagi Valensiya Ispaniya chempioni bo'ldi, 2005 yilda esa, Turkiya poytaxtida afsonaviy final o'tkazildi. Afsuski, kelgusi mavsumda qo'lga kiritilgan Angliya kubogi va superkubogi Rafa uchun Enfildda erishilgan so'nggi zafar bo'lib qoldi.

Hammasi 2007 yilda - qizil­lar­ning yangi mavsum oldidan o'tkazgan fotosessiyadan boshlangandi. O'shanda Benites eng yaqin yordamchisi, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Pako Ayestaran bilan yuz ko'rmasga aylanishdi. Aslida, ular birgalikdagi murabbiylik faoliyatlarini Osasunadayoq boshlashgan, o'shanda esda qolarli muvaffaqiyatlarga erishmagan bo'lsalar-da, ancha qadrdon bo'lib qolishgandi.

Uzoq yillik hamkorligimiz mobaynida bizni g'alabalarga eltgan yakdilligimizga darz tushdi va biz bir-birimizdan tobora uzoqlasha boshladik, - deb xotirlaydi Ayestaran.

Benites esa do'stini undan yashirincha boshqa klublar bilan muzokaralarga kirishganlikda, bu bilan Pakoni xoinlik qilganlikda ayblardi. CHindan ham, o'shanda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha omadli mutaxassisga Barselona va Atletik klublari qiziqishayotgani ham bor haqiqat edi. Benitesning fikricha, hamkori bu bilan uning ishonchiga jiddiy jarohat etkazgan.

Ayestaran esa, hammasini rad qildi, ammo fakt-faktligicha qoladi - Benites Ayestaran bilan ayro bo'lgandan so'ng qachonlardir butun Evropani dahshatga solgan mutaxassis bo'la olmadi. To'g'ri, unda qisqa fursatli muvaffaqiyatlar bo'ldi, kutilmaganda kuboklar qo'lga kiritildi, biroq Rafaning jamoasi boshqa ulkan zafarlarga erishmadi.



Pako esa, bir necha yil Valensiya va Benfikada mutaxassisligi bo'­yicha ishlagach, Kik Sanches Floresga yordam berish va pul ishlash uchun BAA­ga yo'l oldi. Eng qizig'i, u 2012 yili Valensiyada qachonlardir faoliyat yuritgan boshqa taniqli murabbiy kabi Sky Sportsda ishlaganidir. SHuningdek, Real Sosedadda sport direktori bo'ldi. Ammo, baribir, professional bo'la olmadi va fitnes murabbiyi karerasini tanladi.

Ammo vaqtiki kelib, u biror-bir jamoaga rahbarlik qila olishini tushunib etdi va Meksikaga borib, ikkinchi divizion vakili - Tekos murabbiyligini qabul qildi. Uning jamoasi Klausuruda g'olib bo'ldi, biroq elita yo'llanmasini beruvchi hal qiluvchi o'yin finalida penaltilar bo'yicha Gvadalaxaraning Universidadu klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Pako karerasining Meksikadagi qismi nihoya­siga etdi.

Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, murabbiy o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab qoldi va Evropaga qaytmadi. Bu safar Ayestaran Yaqin SHarqni tanladi va Tel-Avivning Makkabi klubiga rahbarlik qildi. Britaniya­ning tinimsiz yomg'irlaridan so'ng Isroilning issiq quyoshi unga yoqdi shekilli, oltin dublga erishishni ham uddaladi.

Mazkur muvaffaqiyatlardan so'ng Meksikaga qaytishga ahd qilgan Ayes­taran Santos Lagunu klubiga murabbiylik qildi. Ammo aperturdagi 15-o'rin unga bu erda uzoq ushlanib qolish imkonini bermadi. Valensiya ham kutib qolgandi. U erda esa, anchadan beri Gari Nevill ishlayotgandi. Gari ham o'z o'rnida aynan Ayestaran uning 100 foizlik kreaturasi ekanligini takidladi.

Men Jeym Karrager bilan Pako haqida gaplashdim, shu mavzuda Rojdestvo oldidan klub prezidenti bilan ham fikr almashdik. Valensiyaga mavsum oxirigacha murabbiylik qilaman. Men ketsam, Pako ham ketadi. U bu erga shtabimning bir qismi bo'lish uchun kelgandi. Ayestaran bilan o'zimni ishonchliroq his etaman, - degan edi Nevill o'shanda.

Ammo Pako butun Ispaniya (tumanli o'lkada esa deyarli hamma) ustidan kulib yurgan ingliz mutaxassisi Los CHes o'rniga murabbiylikka o'tirdi. Qariyb 2 oy davom etgan mag'lubiyatlar seriyasi, jamoadagi yomon muhit, o'yinchilarning og'ir jismoniy holatlari, ularning jon koyitib maydonga tushmasliklari - bularning barchasi Valensiya mag'lubiyatlariga sabab bo'lar va hech kim Ayestaran ahvolni o'zgartirishga erisha olishiga ishonmasdi.

Pako bosh murabbiylikka tayinlanganini eshitgan uchar sichqonlar esa Nevill rahbarligidagi ilk g'alabalariga erishdilar. SHu kungacha ham Valensiya oz bo'lsa-da muvaffaqiyatlarga erishar, ammo uning jadvaldagi ahvoli achinarli edi. Apreldagi tanaffusdan so'ng Gari ishdan bo'shatildi va mavsumni nihoyasiga etkazish Ayestaranga ishonib topshirildi.

Pako yangi lavozimdagi ilk o'yinini Las Palmasga boy berilgan mag'lubiyat bilan boshladi, keyin esa klub ketma-ket 3 g'alabani qo'lga kiritdi - Sevilya, Barselona va Eybar ustidan. O'sha paytda chempionatda davom etayotgan tushunmovchiliklar futbolchilarga mavsum oxirida o'zlarini ko'rsatishga imkon bergandir, balki. Ular  nihoyat, to'lanayotgan katta miqdordagi mablag'ga munosib o'yin ko'rsatgandilar.

Benites davridagi Valensiya sport direktori Xesus Garsiya Pitarch esa klubning Pako rahbarligidagi natijalaridan ko'ngli to'lgancha Ayestaran - yangi mavsumda jamoani boshqarish uchun nomzodlari ko'rilayotgan murabbiylar orasida 1-raqamli favorit ekanligini takidladi. To'g'ri, bugungi Valensiya­da har doim ham so'z va ish birligiga erishish qiyindir, biroq Pakoning boy tajribasi, o'qish va o'rganishga doim shayligi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlashidan darak beryapti.

Mening eng katta natijam - Jerrard, Karrager, Alonso, Ayal va Kanisares kabi yuksak iqtidor egalari bilan til topisha olganim, ularni yangi zafarlar sari ruhlantirganimda. Futbolchilarni kerakli natijaga faqat mashg'ulotlardagi tinimsiz mehnat orqali erishilishiga ishontira bildim, - degandi qachonlardir Ayestaran intervyularidan birida. Ko'ramiz, unga bu imkonni berisharmikan. Zero, hozir mamlakatdagi ko'plab nashrlar jamoaga kelishi kutilayotgan yulduz murabbiy haqida bashorat qilishmoqda. Yozgi transfer bozorida levantiyaliklarga ustozlik qilishni ko'ngillariga tugib qo'ygan kishilar ham oz bo'lmasligi  aniq.

I.OBIDOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика