So’nggi yangiliklar

23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0

G'olib G'aybullaev: "Xatoimdan keyin tushkunlikka tushmasdan, ko'proq mehnat qila boshladim" Yangiliklar

G'olib G'aybullaev: "Xatoimdan keyin tushkunlikka tushmasdan, ko'proq mehnat qila boshladim"

O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan keyin qarshiliklar futbolchisi G'olib G'aybullaev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Uchrashuv qiyin ruhda o'tdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarimiz hamisha qiyin bo'lgan. Kubokni qo'lga kiritishni istagandik. Endilikda shu ruhda Superliga chempionligi uchun kurashamiz. 

Darvozamizdan gol o'tkazib yuborishda menda xatolik yuzaga keldi. Lekin ruhan tushkunlikka tushmadim. Bo'lar ish bo'lgandi. Jamoaga nafim tegish uchun ko'proq mehnat qila boshladim. 

Murabbiyimiz o'yindan avval ham jismonan, ham ruhan tayyorlagandi. G'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Bu masuliyatni barcha his qilib turgandi. 

Aliqulovning jamoadan ketishi biz uchun yo'qotish bo'ldi. Husniddin biz uchun kerakli o'yinchi edi. Lekin uning o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz. O'zimning klub bilan ikki yillik shartnomam mavjud, shu bois, jamoadaman.

Osiyo CHempionlar ligasida kuchli raqiblar bilan to'qnashamiz. Ushbu o'yinlarda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi "Nasaf" himoyachisi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика