Golden Boy sovrini gollandiyalik futbolchiga topshirildi
17 dek 2018 10:50
Yangiliklar
Golden Boy sovrini gollandiyalik futbolchiga topshirildi
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt Italiyaning Tuttosport gazetasi topshiradigan Golden Boy sovrinini qo'lga kiritdi.
Bu mukofot 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh futbolchiga taqdim etiladi.
De Ligtdan tashqari sovrin uchun Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Jastin Klyuyvert ("Roma"), Vinisius Junior ("Real") va Patrik Kutrone ("Milan") nomzod edi. Eslatib o'tamiz, 2017 yilda ushbu sovrin PSJ hujumchisi Kilian Mbappega topshirilgan.
Oldinroq, 19 yoshli de Ligtga "Barselona", "Yuventus" va Evropaning boshqa grandlari qiziqish bildirayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar