Gogol va Bito'raev "Olmaliq" mashg'ulotlariga qo'shildi
10 jan 2016 17:41
Yangiliklar
Gogol va Bito'raev "Olmaliq" mashg'ulotlariga qo'shildi
Avval xabar berganimizdek, jamoa futbolchilari 8 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Jamoa safiga sardor Evgeniy Gogol kelib qo'shildi. SHuningdek, 2015 yilgi mavsumni "Zomin"da o'tkazgan Islom Bito'raev ham ko'rikka chaqirilgan. Jamoa bilan birga tibbiy ko'rikdan o'tgan Ibrohim Rahimov uchinchi yig'indan "Olmaliq" tarkibidan joy oladi. Navbatdagi yig'inda jamoamizning Turkmanistonlik legioneri Arslanmurod Amanov va uning hamyurti hujumchi Altimurot Annadurdiev qo'shilishi kutilmoqda. Muxlislarimizga yaxshi tanish Darko Stanoevich yana jamoaga qaytmoqda. U ham Toshkentda boshlanadigan yig'inda jamoa safini to'ldiradi.
Bugun jamoamiz Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin 16:00da "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar