Godin: “Simeone va Konte bir-biriga juda o'xshaydi”
05 fev 2020 08:59
Yangiliklar


Godin: “Simeone va Konte bir-biriga juda o'xshaydi”
“Inter” himoyachisi avvalgi va hozirgi bosh ustozlarini solishtirdi.
“Hozirgi “Inter” menga 2013/14 yilgi mavsum La Ligani yutgan “Atletiko”ni eslatib yubormoqda. Jamoadagi atmosfera, jamoaviy ruh, muvaffaqiyatga erishish uchun xohish — bularning hammasi hozirgi “Inter”da bor. SHuningdek, muxlislarning xohish-istagi ham sezilib turibdi. Konte va Simeone bir-birga juda o'xshaydi. Ikkalasi ham o'yin bilan yashaydi. Maydondagi o'yinchilarga energiya berib turadi. O'z g'oyalariga ega bo'lgan va ularga qattiq ishonadigan murabbiyga ega bo'lish, futbolchilarga mavsumning har qanday qismida katta ahamiyat kasb etadi”, — deydi Diego Godin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar