

Ingliz klubi Godinning shartnomasidagi 20 mln evrolik tovon pulini faollashtirmoqchi edi, biroq futbolchi "Atletiko"dan ketmoqchi emasligini ma'lum qildi. Bir necha soatdan so'ng Diego Godin madridliklar bilan yangi bitim tuzdi. Himoyachi yiliga 7,5 mln evro ishlab topadi.
"Ha, taklif bo'lgan edi, ammo shaxsiy sabablarga ko'ra qolishga qaror qildim va hozir bor e'tiborim UEFA Superkubogi uchun bahsga qaratilgan. Shartnomani uzaytirganim yo'q. Bu xabarlar qayerda paydo bo'lganini bilmayman" - deydi Godin.



