Godin "Inter"dan ketishi mumkin
16 mar 2020 19:27
Yangiliklar
Godin "Inter"dan ketishi mumkin
"Inter" himoyachisi Diego Godin ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi mumkin.
"AS" xabariga ko'ra, "neradzurri"lar jamoaning asosiy futbolchisi bo'layotgan himoyachi uchun katta maosh to'lamoqchi emas. O'tgan yozda u "Atletiko"dan erkin agent sifatida o'tib, 2022 yilga qadar shartnoma imzolagandi.
Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 25 o'yinda 1 gol urdi. Uning transfer narxi 10 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar