Godin “Inter”dan ketadigan bo'ldi
16 sen 2020 08:50
Yangiliklar
Diego Godin “Kalyari” klubi bilan kelishuvga erishdi. Jurnalist Nikola Skira xabariga ko'ra, Godin “Kalyari” bilan 2+1 ko'rinishidagi bitimga imzo chekadi. Diego yangi jamoasidan soliqlardan tashqari yiliga 3 mln evro ishlab topadi.
34 yoshli Godin o'tgan mavsum “Inter” safida 36 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Avvalroq milanliklar futbolchini maoshlar xarajatini kamaytirish maqsadida qo'yib yuborishga tayyorligi aytilgandi. Godinning “Inter” bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar