"Goal" "Manchester Yunayted"ning eng omadsiz transferlari ro'yxatini tuzib chiqdi
11 iyu 2023 22:50
Yangiliklar
"Goal" "Manchester Yunayted"ning eng omadsiz transferlari ro'yxatini tuzib chiqdi
Unga ko'ra, birinchi o'rinni "Arsenal"dan transfer qilingan Aleksis Sanches egalladi. Ikkinchi o'rinda "Yunayted"ning yana bir "ettinchisi" Anxel Di Mariya qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni Romelu Lukaku yakunlab berdi.
Malumot uchun, Gleyzerlar oilasi 2005 yildan buyon "Manchester Yunayted"ga egalik qilib kelmoqda. Yaqin vaqtlar ichida klub qatarliklar qo'liga o'tishi mumkin.
1. Aleksis Sanches (2018 yili "Arsenal"dan o'tgandi)
2. Anxel Di Mariya (2014 yil 60 mln funt evaziga "Real"dan o'tgandi)
3. Romelu Lukaku (2017 yili 75 mln funt evaziga "Everton"dan)
4. Pol Pogba (2016 yili 89 mln funt evaziga "Yuventus"dan)
5. Jeydon Sancho (2021 yili 73 mln evro evaziga "Borussiya" D jamoasidan)
6. Xarri Maguayr (2019 yili 80 mln funt evaziga "Lester"danu)
7. Memfis Depay (2015 yili 31 mln funt evaziga PSVdan)
8. Radamel Falkao (2014 yili ijara asosida "Monako"dan 16 mln funt evaziga)
9. Uilfrid Zaa (2013 yili 16 mln funt evaziga "Kristal Pelas"dan)
10. Donni van de Bek (2020 yili 35 mln funt evaziga "Ayaks"dan)
11. Bebe (2010 yili 7 mln funt evaziga "Vitorii Gimaraesh"dan)
12. Morgan SHnayderlin (2015 yili 30 mln funt evaziga "Sautgempton"dan)
13. Viktor Valdes (2015 yili "Barselona"dan erkin agent sifatida)
14. Gabriel Obertan (2009 yili 3 mln funt evaziga "Bordo"dan)
15. Ouen Xargrivz (2007 yili 17 mln funt evaziga "Bavariya"dan)
16. Genrix Mxitaryan (2016 yili 26 mln funt evaziga "Borussiya D"dan)
17. Anderson (2007 yili 26 mln funt evaziga "Portu"dan)
Fikrlar