So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  6 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

"GOAL". Ilk mehmon - Eldor Suyunov (FOTO+VIDEO) Yangiliklar

"GOAL". Ilk mehmon - Eldor Suyunov (FOTO+VIDEO)

Saytimizda yangi, orziqib kutilgan "GOAL" loyihasi ish boshladi.

Ushbu loyiha orqali futbolimizdagi mashhur futbolchi va murabbiylar bilan dildan jonli suhbat quramiz. SHuningdek, loyiha so'nggida mehmonlarimizni boshqa sport turi yoki boshqa sohada ham sinab kuramiz.

"GOAL" loyihasining ilk mehmoni O'zbekiston terma jamoasi hamda "Nasaf" futbol klubi darvozaboni Eldor Suyunov bo'ldi.

Qahramonimiz Eldor Suyunov haqida qisqacha malumot:
Tug'ilgan yili:
1991.04.12.
O'ynagan jamoalari: "Nasaf"
Erishgan yutuqlari: OFK Kubogi sohibi (2011), O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi (2013, 2014)
Sevimli jamoalari: "Nasaf", "Liverpul", "Real"
Yoqtirgan futbolchilari: CHex, Noyer.

Qahramonimiz Eldor Suyunov bilan avvaliga "Palov-Somsa.uz" choyxonasida suhbat qurdik.



- Salom, Eldor. "GOAL" loyihasiga xush kelibsiz.
- Taklifingiz uchun rahmat.

K.Q.: - Har bir sport turida hayot falsafasi yotadi. Futbolda siz bu falsafani nimalarda ko'rasiz?
- Futbol – bu hayot o'xshaydi. Futbolda ham hayot singari baland-pastlik, ko'tarilish, pastga tushish bo'ladi. Futbolni hayot bilan chambarchas bog'liq deb o'ylayman. Futbolni hayotga o'z o'rningizni topishingizda ham o'rni katta deb o'ylayman.

SH.B.: - Sizga Oliy ligada birinchi golni urgan futbolchini eslay olasizmi?
- Ha, bilaman. “Buxoro” bilan o'yinda Vohid SHodiev boshi bilan gol urgandi. O'sha bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonganmiz.

K.Q.: - Eldor aka, sizni kuldirish osonmi yoki xafa qilish?
- Kuldirish oson. Xafa bo'lishim qiyin. Tabiatdan o'zim hazilkash bolaman. Uncha-munchaga xafa bo'lmayman.

SH.B: - Ko'rgan gollaringiz ichida eng chiroyli gol deb qaysini ayta olasiz?
- Yaqinda Ispaniya kubogi finalida Messining “Atletik” darvozasiga kiritgan gol ko'rgan gollarim ichidagi eng chiroylisi bo'ldi.

K.Q.: -O'zingizni uch so'z bilan tariflang...
- Hazilkash, yolg'onni yoqtirmaydigan, samimiy insonman.

SH.B: - Darvozabon asosan gollarni bartaraf etadi. Eldor Suyunov ham qachondir gol urishni istaydimi?
- Yo'q, meni ishim darvozamni qo'riqlash. Barcha o'z ishini qilgani maqul.

K.Q.: - Inson mehnatiga yarasha dam olish soatlarini ham to'g'ri tashkil etishi kerak. Siz bo'sh vaqtlaringizda ko'proq nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz?
- Bo'sh vaqtlarimda ko'proq pleysteshin o'ynayman, kitob o'qib turaman. SHuningdek, internetga kirib, futbol xabarlari va dunyoda bo'layotgan boshqa yangiliklarni o'qib turaman.

SH.B: - Siz muxlis sifatida hozirgi Oliy liga o'yinlarini ko'rish uchun stadionga tushgan bo'larmidingiz?

- Agarda kuchsiz jamoaning uyiga kuchli jamoa kelsa, o'yin qiziq bo'ladi.  O'shanda tushgan bo'lardim.  Keyin chempionatimizning eng kuchli to'rttala jamoasi o'zaro o'ynaganida stadionga tushgan bo'lardim.  Qarshilik muxlis sifatida qaraydigan bo'lsak, “Nasaf”ning barcha uchrashuvlariga tashrif buyurardim.

K.Q.: - Eldor Suyunov o'zini 15 yildan keyin qanday tasavvur qiladi?
- Futbol ichida. Aynan kim bo'lib ishlashimni bilmadim hali. Ammo keyinchalik ham futbol ichida faoliyat yuritishni istayman.

SH.B: - Darvozabon sifatida aytingchi, siz uchun qaysi vaziyatda to'pni qaytarish mushkul: Penalti yoki bosh bilan beriladigan zarba?
- Penalti. Menimcha, penaltidan  beriladigan zarbalarni qaytarish mushkulroq. CHunki bu ko'proq omadga bog'liq.



K.Q.: - Aytingchi, umr-yo'ldosh tanlaganingizda uning futbolga bo'lgan qiziqishini inobatga olgan bo'larmidingiz?
- Yo'q. Futbolga qiziqishi shart emas. CHunki men hozirgi klubimda o'ynagunimga qadar onam futbolga qiziqmaganlar. “Nasaf”ga o'tganimdan keyin onam futbol ko'radigan bo'lganlar. Ungacha futbol ko'rmaganlar.

SH.B: - Faoliyatingiz davomida kim sizga eng chiroyli golni urgan deb hisoblaysiz?
- 2011 yilda,  yoshlar ligasi bahsida “Navbahor”ga qarshi o'yinda chiroyli gol o'tkazib yuborganman. Kim urganini eslolmayman, ammo juda chiroyli gol bo'lgandi.

K.Q.: - Kiyinishda ko'proq qaysi uslubga murojaat qilasiz?
- Ko'proq klassik uslubda kiyinaman. Ko'pro kostyum va pidjak kiyishni yoqtiraman.

SH.B: - Deylik shunday vaziyat yuz berdi. Futbolchi sizning darvozangizga gol urdi. Lekin hakam negadir golni qoida buzilganidan so'ng urildi deb hisobladi. Vaholanki ushbu vaziyatni siz ko'rgandingiz va u erda qoida buzilmagan. SHunda hakamga gol haqqoniy kiritildi deb aytishga botina olarmidingiz?
- Hozir ha ayta olaman deb gapirishim ham mumkin. Lekin men jamoam manfaati uchun bunday qilmagan bo'lardim.

K.Q.: - Musiqa tinglashni yoqtirishingizni bilamiz. Karaokeda musiqa kuylab ko'rganmisiz?
- Karaokeda kuylamaganman. G'ulom-Haydar G'ulomovda bunday qobiliyat bor.

SH.B: - Do'stlaringiz, oila azolaringiz sizni jahli juda tez chiqadi deyishdi. Bu qanchalik rost?
- Jahlim tez chiqmaydi. Lekin jahlim chiqib turgan paytda, kim nima desa ham menga ortiqchadek tuyulaveradi. SHunisi yomon.

K.Q.: - “Championat.asia” saytida nimalar sizga ko'proq yoqadi  yoki qanday o'zgarishlar bo'lishini istagan bo'lardingiz?
- Saytning eng yoqqan tarafi - O'zbekiston chempionatini yoritib borishi. O'zgarish? Bilmadim, hamma mutaxassislar shu saytda ishlashmoqda, bu borada o'zlari bilishadi.



SH.B: - Maktab davridagi sevgingizni yodga olib turasizmi? Umuman birinchi muhabbatingizni qanday eslaysiz?
- Birinchi muhabbat maktabda emas, bog'chada bo'lgan.  

SH.B: -Sinfdoshingizdan aniqlashimizcha, maktab davrida Mahliyo degan qizga mahliyo bo'lib qolgan ekansiz. Ammo  keyinchalik u qiz Toshkentga ko'chib ketgan va shu erda sevgi qissalaringiz tugagan, shundaymi?

- Ha, to'g'ri. Mahliyo degan qiz yoqardi. Lekin u shunaki yoqtirish bo'lgan. To'g'ri, Toshkentga ko'chib ketgandan  so'ng aloqalar  uzilgan.

SH.B: - Hozir ham o'sha muhabbatingizni eslab turasizmi?
-  Eslab turaman. Lekin  hozir ko'rsam tanimasam kerak.

K.Q.: - Eldor Suyunov bo'lib tanilganingizdan keyin sizga qizlar telefon qilib, sevgi izhor qilganmi?
- Sevgi izhor? Bu darajada bo'lmaganku.  Ammo telefon qilishgan. Sevgan qizingiz bormi deb telefon  qilgan  qizlar bo'lgan.

SH.B: - Farg'onalik muxlislar nega Eldor Suyunovdan ranjishgan. Ushbu holatga oydinlik kirita olasizmi?
- Farg'onalik muxlislarning ranjigani bor gap. Bu mandan o'tgan. O'zimning nojuya harakatim tufayli  ularni ranjitib qo'yganman. SHu munosabat  bilan  ulardan  uzr so'rayman.  O'yinga kirishib, azartga kirib ketganimdanmi, golni  chuqurroq nishonlab  yuborganman. SHuning uchun ulardan uzr so'rayman.



K.Q.: - Bilamizki, hozirgacha sizning o'z avtomashinangiz yo'q. Siz manzildan-manzilga etib olish uchun  ommaviy transport vositasidan foydalanasiz. Bu sizga noqulayliklar tug'dirmaydimi?
- Yo'q.  Qarshi shahrida asosan taksida yuraman. Odamlar menga hech narsa deyishmaydiyu. Ammo uydagilarimga, Eldor Suyunov taksida yuribdi, mashinasi yo'q ekan deb gapirishadi. Mashina haydashni bilmayman. Hozircha bunga qiziqish yo'q. Ammo bu borada o'qib-o'rganish rejada bor.
 
K.Q.: - Biror bir katta narsa xaridi uchun pul jamg'ara olasizmi?
- Pulni o'zim jamg'ara olmayman. Lekin uydagilarga berib jamg'arishim mumkin.

SH.B: - Matbuotni faol kuzatib boraman dedingiz. Siz uchun eng kuchli futbol jurnalistlari kimlar, sanab bera olasizmi?
- Baxtiyor SHirinov, Bobomurod Abdulla va Nodirxo'ja Yuldashev.

K.Q: - Zararligini bilsangiz ham, baribir istemol qiladigan narsangiz nima?

- Koka-Kola ichimligi.

SH.B: - Spirtli ichimliklar ichib turasizmi? Do'stlar davrasida o'tirganda ham "ol, ich" kabi majburlashlar uchrab turadiku...
- Yo'q. Sinfdoshlarim bilan o'tirganimda, boshqa bir kishi kelib ich desa ham, mendan avval ular bu ichmaydi deb qaytarishadi. O'rtoqlarimning ko'pchiligi yaxshi va ular meni ichmasligimni bilishadi.

K.Q: - Sayohat qilishga imkon tug'ilganda qaysi davlatga borishni istagan bo'lardingiz?
- Avstraliya. Bu o'lkaning tabiati menga yoqadi.

SH.B: - Darvozabonlarning mashg'ulot jarayoni qiziqarli kechadi. Siz uchun eng noodatiy o'tgan mashg'ulotni aytib bering...

- "Nasaf"da Denis Ivankov bu borada ishlaydi. Ivankovning barcha mashg'ulotlari noodatiy o'tadi va hech biri qaytarilmaydi. Mashg'ulotlar har doim boshqacha va qiziqarli bo'ladi.



K.Q: - O'zbek sportchilaridan kimlarni taniysiz?
- Hammasini bilaman. Masalan Abdulla Tangriev, Artur Taymazov, Ruslan CHagaev, Oksana CHusovitina, Iroda To'laganova, Nigina Abduraimova.

SH.B: - Birinchi maoshingiz qancha bo'lgan va uni nimaga sarf etgansiz?
- Ilk maoshim 20 ming so'm bo'lgan. Yo'l kiram esa 30 ming so'mni tashkil etgan. O'shanda ikkalasini qo'shib, ellik ming so'm qilib uydagilarga oborib berganman.

K.Q: - Aytaylik, bozorga borib, ko'p narsa sotib oldingiz. Uyga qaytishga esa pulingiz qolmadi. SHunda nima qilgan bo'lardingiz: Avtobus, marshrutka yoki taksida "quyonni rasmini chizasiz", piyoda qaytasiz yoki notanish birorta insondan qarz so'raysiz...
- Piyoda qaytaman. Ko'p piyoda yuraman va bunga o'rganganman.

SH.B: - Futbol keskin kurashlarga boy o'yin. Uchrashuv davomida hissiyotlar, ehtiroslar junbushga kelishi tabiiy. Yodingizda qolgan janjalli o'yin qaysi?
- "Paxtakor" bilan Qarshida bo'lgan o'yin. O'shanda hisob 1:1 bo'lgandi.

K.Q:- Xotirangiz yaxshimi? Sizga hozir 12 ta ikki xonali sonlarni ko'rsatamiz va 10 soniya vaqt beramiz. Nechtasini eslab qolishingizni esa ko'ramiz...
- Javob: Ko'rsatilgan 12ta sondan Eldor Suyunov 8tasini to'g'ri aytdi.

SH.B: - Sinfdoshingiz sizni "s" harfini aytishga qiynaladi dedi. Hozir ham ushbu harfni aytishda muammoga duch kelasizmi?
- Yoshlik paytimda ustimdan kulishgan. Rostan ham s harfini aytolmaganman. Hozir hech kim ustimdan kulmaydi. To'g'ri ayta olamanki-yo'qmi bilmadim.

K.Q: - O'ziga to'q odam arzon narsa sotib olsa, siz uni nima deb o'ylaysiz? Tejamkor, ziqna yoki kamtar?
- Menimcha, tejamkor. Lekin o'ziga to'q odam haqiqatdan arzon narsa sotib olsa ham, odamlar ishonmaydi va uni qimmatligini aytishadi. Misol uchun boy odam oddiy soat taqsa ham, bu original, qimmat soat deb o'ylashadi. Hech kim ishonmaydi.

SH.B: - "Lokomotiv" sizni juda katta pullar evaziga o'z safiga chorlaganida nega "temiryo'lchi"ga aylanmagansiz? Nima to'sqinliq qilgan?
- "Nasaf"ni muxlisi bo'lganim uchun, bu jamoada o'ynab terma jamoaga taklif etilganim uchun o'zimni qarzdordek his etganman va o'shanda jamoadan ketmaganman.

K.Q: - "Instagram" tarmog'i orqali siz asosan qo'shiqchi Lolaning rasmlariga "layk" bosasiz va uni sahifasi beetibor qoldirmaysiz. U sizga ayol sifatida yoqadimi?
- Yoqadi. CHunki u chiroyli, yaxshi qo'shiqchi. Umuman uning ijodi menga maqul keladi. Lekin men uni yaxshi ko'raman deya olmayman.
 


SH.B: - O'zbek futbolidagi eng katta uchta kamchilikni sanab bering?
- Birinchi kamchilik bu stadionga muxlislar kirmasligi. Har qanday uchrashuvda muxlislar stadionni to'ldirishsa, o'yin umuman boshqacha o'tadi. Keyin yaxshi legionerlar kam. Agarda yuqori saviyadagi legionerlar ko'paysa, shunda chempionatimiz ham o'sgan bo'lardi. Uchinchi kamchilik bu - kelishilgan o'yinlar. Bu yildan ushbu o'yinlarga qarshi kurash boshlandi. Agarda shu narsani butunlay yo'q qila olishsa, shunda chempionat o'z-o'zidan kuchayadi va bu narsa terma jamoa foydasiga ham ishlaydi. Umuman kamchiliklar ko'p. SHu kamchiliklarni bartaraf etishsa, juda zo'r ish bo'lardi.

K.Q: - "Goal" loyihasiga taklif etganimizda, qanday savollar va shartlarni kutgan edingiz?
- "Goal" loyihasiga taklif etilganimda, oddiy intrevyu bo'ladi deb o'ylagandim. Qolgan narsalar hayolimga kelmagandi.

K.Q: -  Rejissyor bo'lganizda qanday janrda kino olgan bo'lardingiz?
- Rejissyor bo'lagnimda, birinchi navbatda Amir Temur haqida kino olgan bo'lardim. Turkiyada Sultan Suleyman haqida kino olingan. Yoki boshqa bir tarixiy shaxslar haqida kinolar olingan. Ammo Amir Temur haqida katta kino olinmagan.

K.Q: - Baxt siz uchun?
- Baxt men uchun yaqinlarim sog'lig'i, yaqinlarimga qo'limdan kelgan yordamni berish, ularni yaxshi yashashlari uchun ko'maklashish men uchun baxt. Ular yaxshi yashashsa men uchun bu baxt.

SH.B: - Darvozabon sifatidagi eng katta kamchiligiz qaysi?
- Tezligim past. Bo'yim uzun bo'lgani sabab harakatlanish tezligim pastroq.

- Maroqli suhbatingiz uchun tashakkur. Kelgusi faoliyatingizda o'lkan zafarlar va omad yor bo'lishi tilab qolamiz.

Eldor Suyunov bilan bo'lib o'tgan suhbatdan so'ng ijodiy guruhimiz va qahramonimiz bilan "Lokomotiv" istirohat bog'iga yo'l oldik. Qahramonimiz uchun kutilmagan syurpriz aynan loyihaning so'nggi qismida bo'ldi. U erda Eldor Suyunovni futboldan boshqa sport turida sinab ko'rishga qaror qildik. "Nasaf" darvozaboni alpenizm devoriga chiqishga urinib ko'rdi. Aytish joizki, Eldor chiqish uchun noqulay bo'lgan oyoq kiyimda kelganiga qaramasdan, 8 metr masofa tepalikkacha chiqishga erishdi. Bu bilan Eldor o'z oldiga qo'ygan vazifa va maqsad sari intilishda to'xtamasligini isbotladi.



So'z so'nggida Eldor Suyunov o'zbek futboli muxlislariga dilidagi gaplarni aytib o'tdi: "O'zbekiston terma jamoasi bilan Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritishga va bu yo'lda sizlarni xursand etishga qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz", - dedi Eldor Suyunov.

Qolganini, yani eng qiziqarli voqea va jonli suhbatni endi "GOAL" loyihasining videosi orqali tomosha qilishinigiz mumkin. Hamma qiziqarli voqealar, qizg'in suhbat va Eldor Suyunovning alpenizm devoriga qanday chiqqani quyidagi videoda jamlangan.

Eldor Suyunovning yoshligidagi suratlar





Qahramonimiz haqida kim nima deydi?

Eldor Suyunovning do'sti:
"Eldor bilan bir sinfda o'qiganmiz. Yoshlikdan qalin do'stmiz. Do'stim haqida gapiradigan bo'lsam, u juda kamtar, yaxshi bola. Uning birgina kamchiligi, bu  jahli tez chiqishida. Men Eldorni juda yaxshi bilaman. Eldor futbolchi sifatida tanilgandan keyin ham umuman o'zgarmagan. Avval qanday bo'lgan bo'lsa, hozir ham o'shandayligicha qolgan. Menga yoqadigan jihati? Eldor pulga qattiq emas, ochiq-ko'ngil yigit. Eldor futbol olamiga kirganidan so'ng uning dunyoqarashi ancha kengaydi va har tomonlama o'sishga erishdi", - deydi qahramonimizning sinfdoshi Sarvar Usmonov.

"Akam men uchun haqiqiy namuna. Ulardan ko'p narsani o'rganishga, ularga o'xshashlikka harakat qilaman. Eldor akam menga ko'p nasihat va tanbeh berib turadilar. Ularning birdan-bir kamchiliklari deb jahllari tez chiqishini aytishim mumkin. Akam juda mehribon, samimiy inson", - deya akasi Eldor Suyunov haqida fikr bildirdi Aziz Suyunov.

Eldor Suyunovning otasi Olim aka o'g'li haqida shunday deydi: "Eldor yoshligidan futbolga juda qiziqqan. Maktabda ham 4-5 bahoga o'qirdi. O'g'lim bilan faxrlanaman deya olaman. Har bir o'yindan so'ng ikkimiz uning o'yinini o'tirib tahlil qilamiz va men qaerda kamchilik va xatoga yo'l qo'yganlarini aytaman. Uning o'yinlariga men emas, muxlislar baho berishgani maqul. Ota sifatida o'g'limni faqat maqtavormay. Yaxshisi haqiqiy bahoni muxlislar berishsin. Eldor juda yaxshi, odobli, kamtar, bosiq, samimiy yigit. Oilada ham o'z o'rniga ega, yaxshi farzand. Birgina kamchiligi bu jahli burnini uchida turishida. Orzuim? Eldor imkon qadar tezroq boshqa kuchliroq chempionatga yo'l olishini istardim. Turkiya yoki Belgiya singari chempionatda bo'lsa ham ketsa xursand bo'lardim. Bu uning uchun katta tajriba bo'lardi".

  Eldor Suyunov "GOAL" loyihasiga esdalik uchun o'z libosini sovg'a qildi


Ko'rsatuvning VIDEO varianti


Loyiha mualliflari: SHahboz Beg'amov va Kamola Qurbonova
Ijodiy guruh: Tolibjon Qosimov va Zoir Tursunboev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика