So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  10 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

"GOAL" #2 - Akmal SHorahmedov (FOTO+VIDEO) Yangiliklar

"GOAL" #2 - Akmal SHorahmedov (FOTO+VIDEO)

"GOAL" loyihasining navbatdagi sonida O'zbekiston terma jamoasi azosi hamda "Bunyodkor" klubi himoyachisi Akmal SHorahmedov bilan jonli suhbat uyushtirdik va qahramonimizni oshpaz sifatida sinab ko'rdik.

Akmal SHorahmedovning uyiga tashrif buyurib, uning pazandalik mahoratini kichik sinovdan o'tkazdik. SHuningdek, qahramonimiz bilan futbol atrofidagi holatlar va boshqa turli mavzularda suhbat qurdik. Jonli suhbatni video orqali tomosha qilishingiz mumkin. SHorahmedovning nima ovqat tayyorlagani, o'zbek futboli haqidagi fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin bo'ladi. SHuningdek, ovqat pishirish jarayoni, Akmal SHorahmedovning rafiqasi va do'stining fikrlari ham videoda jamlangan.

Suhbat jarayonini yozma shaklini ham o'qib olishingiz mumkin. Qolgan qiziqarli qismlarini esa video orqali tomosha qiling. 


Qahramonimiz haqida qisqacha malumot:

To'liq ismi: Akmal SHorahmedov
Rakami: 2
Ampluasi: Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 10.05.1986
Fuqaroligi: O'zbekiston
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Bo'yi:178 sm
Vazni: 78 kg

Futbolchilik faoliyati:
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2005-2006
"Navbahor" (Namangan) - 2007
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2008
"Andijon" (Andijon) - 2009-2010
"Bunyodkor" (Toshkent) - 2011 yildan buyon


OLIY LIGADAGI DEBYUT:

“Paxtakor” – “So'g'diyona” - 5:0 (2:0)

3/19/2005. 1 tur. Toshkent. “Paxtakor” stadioni, 2800 tomoshabin.

Bosh hakam: Andrey Tambovcev - 8.4

BIRINCHI GOLI

“Mashal”- “So'g'diyona” - 5:1 (2:1)

4/15/2005. 3 tur. Muborak. “Bahrom Vafoev” stadioni, 4500 tomoshabin.

Bosh hakam: Popov Aleksandr - 8.2

BIRINCHI OGOHLANTIRISH:

“So'g'diyona”- “Navbahor” - 1:0 (1:0)

8/10/2005. 15 tur. Jizzax. “Jizzax” stadioni, 4000 tomoshabin.

Bosh hakam: Ermatov Ravshan - 8.5



K.Q: - Akmal aka, taom tayyorlash jarayoni sizni charchatib qo'ymadimi? Erkaklar tayyorlagan taom shirin chiqadi deyishadi. SHu fikrga qo'shilasizmi?

- Yo'q, sizlar baxona taom pishirishni o'rganib olamiz. To'g'ri, bu fikrga qo'shilaman. Erkaklar taomga  mehr  berib tayyorlaganidan bo'lsa kerak shirin chiqadi. Ayollar esa  har doimgi kundalik ishi bo'lgani tufayli bu ishga unchalik yondashishmaydi, menimcha.

SH.B: - “GOAL” loyihasining ananaviy savoli albatta gol to'g'risida. Birinchi kiritgan golingizni eslay olasizmi?

- Birinchi urgan golim adashmasam “So'g'diyona” safida “Nasaf”ga urganman. Aniq eslolmayman. (To'g'ri javob: “Mashal” -  “So'g'diyona” 5:1 )

K.Q: - To'satdan sizga yoqimsiz savol berishsa siz: 1.Miyangizga birinchi kelgan fikrni aytasiz? 2.Yaxshilab o'ylab keyin javob berasiz? 3.Darhol javob qaytarasiz?

- Darhol javob beraman. Bazan tezda qaytargan javobimdan afsuslanishlar bo'ladi. CHunki bir xil joylarda tezroq javob berish kerak bo'lib qolishi mumkin.

SH.B: - Sizni yanada mashhur qilib yuborgan avtogol haqida. Janubiy Koreya bilan bo'lgan uchrashuvni yodga olsak. O'sha bahs terma jamoamiz uchun juda muhim ahamiyat kasb etardi. Muhim o'yindagi omadsizlik, yani o'z darvozangizni ishg'ol etib qo'yganizdan so'ng nimalarni his etgansiz? O'shandan so'ng juda ko'pchilik birgina sizni aybdor qilganidan qanchalik ranjigansiz? Futbolda bunday holatlar har qaysi futbolchi bilan ham uchrab turadi. Lekin o'sha bellashuvdan so'ng “qora piar” orqali juda katta mashhurlik keldi.

-Buni futbolni ichida yurganlar to'g'ri tushunishadi. Har qanday holatda ham bu avtogol endi o'chib ketmaydi. Futbolda o'z darvozasiga gol kiritmagan himoyachi yo'q, menimcha. Himoyachilar o'z darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etayotgan pallada to'p darvozasiga kirib ketishi mumkin. Bu qaysi o'yinda sodir bo'lishi ahamiyati yo'q. CHunki har qanday o'yinda barcha bor kuchini ishga soladi. Futbolda avtogol hamma bilan ruy beradi. Futbolni ichida yurganlar buni yaxshi bilishadi. Mana kuni kecha “Manchester Yunayted” futbolchisi Kerrik o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. Bunaqa holatlar ko'p uchrab turadi. Men ham artistlarga o'xshayman. (kuladi) Sanatkorlar piar orqali o'zini tanitib oladiyu. Meni ham hozir deyarli tanimaydigan odam yo'q. Kampirlar ham, yosh qizlar ham bilishadi. (kuladi)

Bazi odamlar buni ataylab qildi aytishi mumkin. Bu albatta ranjitadi. Bu avtogol hech qachon ataylab urilmaydi. Bazan istasayiz ham bir metrdan gol urolmay qolishiz mumkin. Lekin bu bilan to'xtab qolish kerak emas. Sportda shundayki, agarda bugun yutsang tepadasan. Ertaga yutqazib qo'ysang pastdasan. SHu boisdan bunga to'g'ri qarash kerak.

K.Q: - Yaqinlaringizni telefon raqamlarini yoddan bilasizmi yoki telefoningizga saqlab qo'yasizmi?

-Yaqin insonlarimning telefon raqamlarini hammasini yoddan bilaman.

SH.B: - Oliy liga saviyasi qay darajada deb o'ylaysiz?


- Menimcha, ikki yil oldingidan bu yilgi ligamiz sal pastroq saviyada. O'rinbosarlar ligasi ham kuchsizlanib ketdi. Avvallari o'rinbosarlar safida 4-5 nafar asosiy tarkib  futbolchilari maydonga tushishardi. Hozir esa hammasi yoshlar bo'lib ketgan.  Bu bir tarafdan yaxshi. Lekin yoshlar kimdan tajriba olishadi? O'rinbosalar tarkibida faqat yoshlarni o'zi bo'lib qolsa unda kim ularga to'g'ri yo'l ko'rsatadi? Oldin o'rinbosarlar safida maydonga tushish ham qiyin bo'lardi. Hozir u erda ham raqobat avvalgidek emas. Men “Paxtakor” yoshlari safida o'ynaganimda, asosiy tarkibda Geynrxi, Kamolddin Tojiev kabi 10ga yaqin futbolchilarni berishardi. Yoshlar esa qolgan 4-5ta o'ringa tushish uchun ham bor kuchini berib harakat qilardi. Bu ham katta stimul edi. Hozir yoshlar bilishadi, o'rinbosarlar tarkibida yoshi katta futbolchilar o'ynashi chegaralangan va u erda jiddiy raqobat yo'q. Avvallari yoshlar tarkibida o'ynash ham juda qiyin bo'lgan. Hozir unday emas. Yoshlar ligasidagi o'yinlar avvalgidek qiziq ham kechmayapti.

K.Q: - Sizningcha haqiqat uchun kurashish nima?

-Haqiqat uchun kurashish bu avvalo kurashish. Hayotda har doim ham haqiqat yuzaga chiqavermaydi. Men o'zim har doim haqiqat uchun so'nggigacha kurashaman. Qolgani odamlarning vijdoniga havola.

SH.B: - Futbolimizdagi ichki muammolarni ko'p berkitamiz. Futbolchilar ham, murabbiylar ham matbuotda ko'p ham haqiqatni aytishmaydi. Yani muammolarni olib chiqishmaydi. O'zbekchilik deb ortga so'ramiz. Bu narsaga qanday qaraysiz?

- Ko'p o'qiymiz. Mana “championat.asia” saytida ham ko'p o'qiyman, unda kamchilik, bunda kamchilik deb aytasizlar. Lekin umumiy qilib aytadigan bo'lsak, mana viloyat jamoalarida futbolchilarga berishga maosh yo'q hali. Barcha jamoalarda pul bo'lsagina, keyin aytsa bo'ladi, mana bu vitamin olmayapti, boshqa muammolarni  bartaraf etmayapti deb. Hozir klublarda moliyaviy holat yaxshi bo'lmasa, bular qolgan muammolarni qaerdan to'g'rilay oladi? O'zimam viloyat jamoalarida o'ynaganman va u erdagi vaziyatlarni bilaman. Jamoani o'zini ushlab qolish uchun pul ko'p ketadi.

“Lokomotiv”,  “Bunyodkor”, “Nasaf” jamoalari OCHLda o'ynaydi va ko'ramiz. U erdagi boshqa jamoalarning holatini ko'rasiz va baho beramiz. U erda oddiy bir narsa, kiyinish xonasida muz aparati turadi. O'yindan keyin shundoq  5 daqiqaga tushasiz, muz qilib qo'yiladi idishga va siz 5 daqiqadan so'ng tiklanasiz. Barcha charchoq alomatlari chiqib ketadi. Bizlarda esa bir paket muzni zo'rg'a qilinadi. Bizlarda uchrashuvdan keyin futbolchilarning tiklanish jarayoniga umuman qarashmaydi. Bu narsa to'rtta grand jamoalarimizda yo'q, qolganlarni endi gapirmasangiz ham bo'ladi.

Mana oxirgi marta Avstraliyada o'ynadik. U erda uchta basseyni bor. Oyog'dan keladi, uncha chuqur emas. Sovuq suv, yah va issiq suv. U erda konsentraciya qilinadi. Besh daqiqadan tushasiz va siz ertangi o'yinga tayyor holatga kelasiz. Evropada 3-4 kunda o'ynaydiku, bu bekorga  emasda. Bizlarda  esa bunday narsalar yo'q va 3-4ta o'yinda o'ynaganingizdan keyin charchoq yig'ilib-yig'ilib boradida, tezligiz pasayib ketadi. Bizlarda ham tiklanish jarayonlariga etibor qaratilsa yaxshi bo'lardi. Mana yaqinda Kapadzeni intervyusini o'qidim, vitaminizaciyani aytgan, bularning hammasi to'ppa-to'g'ri. Bizlarning eng katta to'rtta klublarimizda ham yo'q bu narsalar. Qolganlarni o'zingiz o'ylayvuring. Terma jamoada ham vitaminizaciya yo'q. Buni o'zinglar ham ko'rgansizlar.

OCHLda o'ynayotganimizda ko'p ko'ramiz, mehmon jamoalarning kiyinish xonasidan o'tib ketayotganda u erda turgan narsalarni ko'rsangiz. Bu narsalar mayda narsalar emasda. Ayniqsa ikkinchi taym paytida bu kabi narsalar ko'proq bilinadi va o'z tasirini o'tkazadi. SHu boisdan ham ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida ular bizlardan ko'ra kuchliroq  o'ynashadi.


Bizlarni O'zbekistonni ichidagi murabbiylarning bittasi ham  bu narsalarni talab qila olmaydi. Bu bor narsa. Agarda chet eldan murabbiy opkelsangiz, ular birinchi navbatda vitaminizaciyani, mashg'ulot jarayonidagi elementarlarni to'g'rilasagina, ishni boshlaydi.

Mana Sardor Rashidov Qatarga bordi. Birinchi kuni gaplashganimizda aytdi, vitamin toshib yotibdi. Ichishmayapti ham ko'pligidan deydi. Bizlar ololmayotganlar vitaminlarni darvozani orqasida  yotganini  aytdi. Yanayam u birinchi kuni “Al Jayish”ni o'rinbosarlar tarkibida shug'ullanib turgandi. Bu professional futbolda juda ham kerakli narsalar deb o'ylayman. Futbolda mayda narsalar bo'lmaydi. SHuning uchun ham tibbiy ko'rikdan o'tayotganingizda  yarim jamoa o'tolmayapti. Bu ham bekorga emasku. Bu kabi narsalarga yaxshiroq va jiddiyroq qarash kerak deb o'ylayman.

K.Q: - Sportchilar ko'pchilikni oldida  nutq so'zlashga qiynalishadi. Aytingchi, ko'pchilikni oldida nutq so'zlashishga to'g'ri kelib qolganda, siz o'zingizni qanday tutasiz?

- Man to'g'risini aytsam, bemalol gapirolaman. Jamoamizda ham bir narsa bo'lsa o'zim gapiraman. Ko'pchilikni oldida hayajonlanmayman. O'zim o'ylagan narsani aytolaman.


SH.B: - Terma jamoada murabbiy almashganidan so'ng siz MTJ yig'inlariga taklif etilmadingiz. Nima deb o'ylaysiz, hozirgi sport formangiz bunga yo'l qo'ymayaptimi yoki murabbiyning uslubiga to'g'ri kelmaysizmi? Umuman taklif olmaganingiz sizga qanday tasir etmoqda?

- Har bitta murabbiyning o'z o'yin uslubi mavjud. Natijaga murabbiy javobgar. SHu bois kimni chaqirishni murabbiyning  o'zi hal etadi. Lekin futbolchi ham doim tayyor bo'lishi lozim. Istalgan paytda kimdir jarohat olib qolishi mumkin. O'shanda futbolchi tayyor bo'lishi lozim.  Yakunda terma jamoaga kim yaxshiroq sport formada bo'lsa o'sha jalb etiladi. Masalan hozir “Bunyodkor”  to'rtinchi o'rinda ketmoqda. SHu boisdan hozir bizni chaqirmaganidan ranjishga haqqimiz yo'q. CHempionatda peshqadam bo'lsak ham maylidi. Hozirgi holatimni yaxshi deya olmayman. Buni sababi sifatida, o'tgan yilgi mavsumni tugatmasdan yana yig'inlarda ishtirok etganimizni aytishim mumkin. Uzluksiz dam olmasdan turib shug'ullanaverish odamni charchatib qo'yadi. Bitta manda emas, balki ko'pchilik futbolchilarda hozir charchoq  alomatlari sezilmoqda deb o'ylayman.

K.Q: - Sizni maqtashlarini yoqtirasizmi?

-Yoqtiraman. Kim ham yoqtirmaydi buni. Bunaqa odamlar bo'lmasa kerak.

SH.B: -Akmal SHorahmedovga qaysi jamoalardan takliflar tushgan?

- Xitoy, Qatar jamoalaridan taklif tushgan. Lekin o'sha paytlarda “Bunyodkor” bilan OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgandik. Men o'sha paytda o'ynab turgan jamoamdan kuchsizroq klubga o'tishni istamaganman. Har bir futbolchi imkon qadar kuchliroq jamoa safida o'ynagisi keladi. Pul uchun kuchsizroq jamoaga o'tishni istamayman. Pulni birinchi o'ringa qo'yilganida, unda evropaning  ko'plab futbolchilari arab jamoalariga o'tib ketishardi. Masalan  Angliya chempionatining 80 foiz futbolchilari arablardan kamroq maosh oladi. Futbol o'ynash ishtiyoqi kuchli futbolchilar pulni deb kuchsiz klubga o'tmaydi deb o'ylayman.


K.Q: - Sportdan boshqa yana qanday sohada pul topa olaman deb o'ylaysiz?

-Man ko'p sohalarda pul topa olaman. Masalan savdo sotiq orqali pul ishlab topishim mumkin. Futbolchi har doim oilasini futbol orqali boqa olmaydi. Futbolda topayotgan pullarizdan albatta tadbirkorlikni yo'lga qo'yib olish lozim. Bu kelajagiz uchun kerak bo'ladi. Men rejali insonman.

SH.B: - Himoyachi sifatida aytingchi, siz uchun oliy ligadagi eng xavfli raqib kim?

- Jasur Hasanov. CHunki uning bir hislati kuchli – Hasanov to'xtamasdan oldinga chopadi. Foyda keltirish bo'yicha Jasur Hasanov O'zbekistondagi istalgan futbolchidan kuchli. Buni avval ham, hozir ham aytaman. Hozirgi chiqayotgan yoshroq futbolchilarga ham shuni aytaman. Masalan Pishurni olaylik. Jasur Hasanov uni har doim pas bilan taminlab turardi va u to'purar bo'ldi. Ayni paytda o'sib kelayotgan yosh vingerlar jarima maydonchasi ichiga kirib boradida pasni vaqtida  bermaydi. Ushanchun hujumchilarimizning samaradorligi pasayib ketgan. Hujumchilar kimgadir bog'liq futbolchilar. Jasur Hasanov to'xtamasdan ochiladi. Bu har qanday himoyachiga katta qiyinchilik tug'diradi. Unga yaqinroq keladigan futbolchi yo'q. Qolganlar deyarli bir xil darajada.


K.Q: - Siz qanday oila boshlig'isiz?

- Avvalo oilangiz tinch bo'lsa, futbolingiz ham joyida bo'ladi. Ishizda ham unumdorlik oshadi. Oilada bazida qattiqqo'lman, kerakli joyida yumshoqroqman. Vaziyatga qarab. O'rtacha desak to'g'riroq bo'ladi. Bazan bolalarni urishib turaman. Lekin ularni urmaganman. Otam menga shunday tarbiya berganlar. Xotinimni ham hech qachon urmaganman.

SH.B: - “Championat.asia” saytida nimalar sizga ko'proq yoqadi  yoki qanday o'zgarishlar bo'lishini istardingiz?

-Saytning eng yoqadigan jihati – bu malumotlar, xabarlar tezroq berilib boriladi. Noqulaylik tarafi shundaki, har xil chempionat o'yinlarining anonslari ulanib ketgan. SHuni ajratib qo'yilsa yaxshiroq bo'lardi. Masalan Anzurning jamoasining o'yini va evropa chempionatlari anonslari ketma-ketlikda ketgan. Odam biroz chalkashib ketadi. Keyin meni shaxsiy fikrimcha, evropa futboli xabarlari o'zimiznikidan ko'proq bo'lib ketmoqda. Iloji boricha o'zbek futboli xabarlari ko'proq bo'lishini istardim. Evropa futboli haqida o'qiydigan joylar ko'p. Asosiy urg'uni o'zbek futboliga qaratilsa yaxshiroq bo'lardi. Bu mening shaxsiy fikrim. Oliy liga uchrashuvlari videolarini ham qo'yishni odat qilinsa zo'r bo'lardi. Buni ham asta-sekin rivojlantirib boryapsizlar. Bundanda yaxshiroq bo'lsa zo'r bo'lardi. O'yin tugashi bilan boshqa uchrashuvdagi gollarni ko'rishni istardik. O'ylaymanki, bu ishlar ham sekin yo'lga qo'yiladi.

K.Q: - Sizdan yoshroq hamkasbingiz katta yutuqlarni qo'lga kiritsa, o'zingizni kamsitilgandek xis qilasizmi?

- Buni to'g'ri qabul qilaman. Hamma har xil bo'ladi. Kimdir 20 yoshida katta marrani zabt etishi mumkin. Bazilar 30 yoshida muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Istalgan futbolchi katta marralarni zabt etsa chin dildan quvonaman. Hozirgi yoshlarda sharoitlar yaratilgan. Ular faqat ishlab, mehnatdan qochmasliklari kerak. Ulardan ko'proq narsani talab qilsak bo'ladi. Bizlarni davrimizda maydon holatlari ancha yomon bo'lardi. Hozir esa bu kabi muammolar yo'q ularda. Bazi yoshlarga esa sharoitlarni borligi ham yomon tasir qilmoqda. Hamma sharoitlar yaratib qo'yilgani futbolchilarni ishlashdan ham to'xtatib qo'ymoqda.


SH.B: - Agarda matbuotni kuzatib borsangiz aytingchi, siz uchun ijodi maqul keladigan jurnalistlar bormi?

- To'g'risini aytaman, ko'plar yoqmaydi menga. CHunki ko'plab futbol ichidagi jurnalistlarimiz noto'g'ri savol berishadi. OCHL o'yinlari bilan chetga chiqqanimizda, xorijiy jurnalistlar bizlarga berayotgan savolni o'zimiznikilardan to'g'riroq berishadi.Bizlarga asosan tanqid bilan qaraladi. Har doim tanqidga uchrayversangiz, baribir yomon gapirarkan deb harakat ham qilmay qo'yasiz. Aksincha, ko'proq yaxshi narsalar haqida yozish kerak. Muxlis ko'paytirishimiz kerak deymiz. Buning uchun avvalo yaxshi taraflarni yoritib, yaxshi narsalarni yozish kerak. Ishqibozlarga faqat yomonlayversangiz, ular stadionga tushadimi? Muxlislarsiz esa futbol o'ynash zavqli emas. Qachonki stadion tomoshabinlar bilan to'lsa, o'shanda futbolchi ham  maydonda qo'shimcha kuchi bilan harakat qiladi. “Andijon”da o'ynaganimda, stadion muxlislar bilan to'lib toshardi. O'shandagi jamoa hozirgidan kuchliroq edi. Biz o'z uyimizda “Paxtakor”, “Bunyodkor” kabi jamoalarga yutqazmasdik. Stadion ishqibozlar bilan to'lsa tursa, futbolchi charchab qolgan holatida ham oxirgi kuchini sarf etguncha o'ynayveradi. Futbolchi bu paytda istasa-istamasa o'ynaydi. Muxlislarning ko'magi bizga kerak. Bir xil paytlarda mehmonga borib o'ynash zavqliroq tuyuladi. Stadion bo'sh bo'lsa, futbolchi katta ishtiyoq bilan o'ynay olmaydi. Evropada muxlislar jamoasini har qanday paytda qo'llab-quvvatlab turadi. “CHelsi” masalan oddiy raqibga yutqazib qo'ydi. Nima endi keyingi uchrashuvda “Stemford Brij”ga ishqibozlar kelishmaydimi? Keladi albatta. Bizda esa o'yinni yarmidan turib ketishadi. Muxlislar har doim jamoasiga dalda bo'lishi kerak deb o'ylayman.

K.Q: - Sizni boshqa futbolchilardan ajratib turadigan sifatlar va jihatlar?

- Hamma odam, hamma futbolchi har xil. Man barcha ishni vaqtida qilishga ko'proq o'rganganman. Masalan man mashg'ulotdan bir soat oldin tayyorgarlik ko'raman. Bazilar esa besh daqiqa qolganida hamma ishini bajarib qo'yishi mumkin.

SH.B: - Imkoniyat bo'lganida o'zbek futbolida birinchi navbatda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

- Hozirgi paytda asosiy muammo bu klublarning moliyaviy ahvoli. Barcha viloyat jamoalari pul taraflama yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lsa, moliyaviy mummolar hal etilsa, o'shanda kuchayib ketish mumkin. Futbolda ko'p narsa moddiy texnik bazaga bog'liq. Pul bo'lsa, klubning infrastrukturasini, stadion va boshqa qolgan muammolarni hal etsa bo'ladi. Bizning futboldagi asosiy muammo shu deb o'ylayman. Xitoy va Qatar katta moliya evaziga chempionatini tezda kuchaytirib olmoqda.


SH.B: - O'zbek futbolida, klublarda ish yuritadigan necha foiz odamni futbol kishisi deb ayta olasiz. Bizda ko'pchilik ushbu sohani tushunmasada futbol ichida ishlab yuripti. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Ha, albatta. Bunday insonlarkamdan-kam. Klublarimizda ish olib borayotganlar ichida futbolni to'g'ri tushunadigan insonlarni bir dona desak ham bo'ladi.  Masalan vitaminizaciya? Hali hech kimda olib berilmaganku, to'g'rimi? Kimda bor? Hech kimda yo'q. Demak hech kim to'g'ri ishlamayapti.

K.Q: - O'tkir zexnli, katta bilim sohibi bilan suhbatlashganingizda siz undan ustun bo'lishga harakat qilasizmi yoki indamasdan unga tan berasizmi?

- Tan beraman. Menga aqlli insonlar bilan suhbatlashish yoqadi. Ularni fikrini eshitishni yaxshi ko'raman.

SH.B: - Sizga ish uslubi bo'yicha maqul keladigan murabbiy kim?

- Mirjalol Qosimovni men birinchi o'ringa qo'yaman. Bosh murabbiy butun mashg'ulot jarayonini o'zi o'tkazvurmaydi. Boshida nimadir gapirib, qolgan barcha narsalarni joy-joyiga qo'yib qo'yishi kerak. Hamma o'zini ishini qilish kerak. Bizlarda ko'p murabbiylarda ish to'g'ri yo'lga qo'yilmagan. Safarlarga borayotganda bazan mehmonani topishda muammo bo'ladi, kutasiz. Boshqa bazi mayda ko'ringan masalalar muammo keltirib chiqaradi. Murabbiy qattiqqo'l bo'lishi kerak. Bosh murabbiy nafaqat futbolchilarga, balki butun klubga so'zi o'tadigan bo'lishi lozim.

K.Q: - Yo'l harakati qoidalariga to'liq amal qilgan holda mashina boshqarasizmi?

- Yo'q. Harakat qilaman, ammo bazan qoidani buzib qo'yaman. Asosan tezlikni belgilangan miqdordan oshirib yuboraman. Ammo svetoforda qizil chiroqdan o'tmayman. DAN xodimlari bilan har doim ijobiy gaplashaman. Masalan qoidani buzib qo'ysam, keyin albatta yaxshi gapirasiz. Har doim yaxshi gapirgan maqul deb o'ylayman.


SH.B: - “Bunyodkor” safida beshinchi mavsumni o'tkazmoqdasiz. Yodda qolgan eng yaxshi mavsum qaysi bo'lgan?

- Menimcha, 2012 yil bo'lsa kerak. O'shanda OCHLda yarim finalga qadar yo'l olganmiz. O'sha yili har tomonlama kuchliroq bo'lganmiz.  Futbolda jamoa kuchli bo'lsa, futbolchi ham katta o'sishga erishadi. Yanada kuchliroq  o'ynashga intiladi.  2012 yilda tarkibimiz ham kuchli bo'lgan. Hozirgi yoshlarni tanqid qilib bo'lmaydi. Oldin siz yoshroq bo'lsangiz, kiyinish xonasiga kirib urishishardi, kerak bo'lsa urishi ham mumkin edi. Hozirchi? Yoshlarga bitta qattiqroq gapirib qo'ysangiz tamom. Hafa bo'lishadi. Murabbiy ham aralashadi. Nega san uni urushyapsan deb. Yoshlarga tanbeh bermasdan bo'lmaydi. O'z vaqtida bizlarni yaxshilab urishishardi va biz yanada kuchliroq  harakat qilardik.  Oxirgi yillarda umumiy qilib aytganda, saviyamiz tushib ketdi. SHu boisdan ham OCHLdagi ishtirokimiz ham pastlab ketdi. Hammasi ko'rinib turibdiku. O'shanga qarab baho berasizda. Ichki chempionatdagi o'zaro o'yinga qarab kuchli yoki kuchsiz ekanligimizga baho bermaysizku. Xalqaro musobaqadagi ishtirokimizga qarab futbolimizga baho beramizda.

K.Q: -O'zbek kinolarini ko'rib turasizmi?

- Ha, ko'raman.

K.Q: - Oxirgi ko'rgan kinoingiz?

- Nomi esimda yo'q. Mening Yurtim kanali orqali ko'rgandim.

K.Q: - Sizga yoqadigan o'zbek aktrisalari?

- Menga ko'proq eski aktrisalar yoqadi. Rano SHodieva, Rano Yarasheva, Saida Rametova ko'proq yoqadi. CHiroy jihatdan Asal SHodieva yaxshi.


K.Q: - Sizni oilangiz futbol muxlislariga qiziq. Ota-onangiz va bolalaringiz haqida malumot bersangiz?

- Otam ham futbol bilan shug'ullanganlar. Akam ham. Dadam har doim men to'p tepadigan jamoaga ishqibozlik qiladilar. Qaerda bo'lsalar ham o'yinni kuzatib boradilar. Futbolni nafaqat kuzatadilar, balki uni yaxshi tushunadilar ham . O'yinlardan keyin menga qaerda xato qilganimni aytadilar. Menga doim to'g'ri yo'l ko'rsatadilar. Onam ham futbolga tushunadigan bo'lib ketganlar. Har taraflama ular meni qo'llab-quvvatlab turishadi. Ularga rahmat aytaman. Ikkita o'g'lim bor. Kattasi SHoraxim, kichkinasi SHorasul. Katta o'g'lim bu yili sakkizga to'ladi. Kichkinasi uch yoshga kirdi. SHoraxim futbol bilan shug'ullanib keladi. “Bunyodkor” futbol maktabida tahsil oladi. SHorasul hali bog'chaga boradi. Katta o'g'lim “Bunyodkor”, kichkinasi “Paxtakor”ga ishqibozlik qiladi. Bu ularning o'zini tanlovi. SHorasul hozirdan “Paxtakor” deydi, agarda katta bo'lsa “Paxtakor” futbol maktabiga olib borib beraman. Bunga qarshiligim yo'q.

- Maroqli suhbatingiz uchun katta rahmat. Keyingi faoliyatlaringizda omadlar tilab qolamiz.

- Sizlarga ham rahmat. Tashrifingiz uchun tashakkur bildiraman.



Akmal SHorahmedovning eng yaqin do'stlaridan biri Sanjar Tursunovning qahramonimiz haqidagi fikrlari:

- Akmal juda mehnatkash bola. Yoshligidan o'z ustida ishlab keladi. Mashg'ulotlardan keyin ham alohida shug'ullanib turishni odat qilgan. Mehnatkashligi, tirishqoqligi uning eng katta yutuqlaridan biri deb bilaman. Akmal juda yaxshi do'st. Har doim o'rtoqlariga, insonlarga yordam berishni kanda qilmaydi. Uning menga yoqadigan jihatlaridan biri bu - qachon telefon qilsangiz tezda javob beradi. Telefon ko'tarmay qoladigan odatlari yo'q. Men u bilan yoshlikdan beri do'stman. Juda ko'p narsalarda menga yordam berib kelgan. Umuman hammamiz bir-birimizga yordam beramiz. Akmalni kamchiliklari? To'g'risi, uning kamchiligi haqida biror narsa deyish qiyin. Do'stim juda muomalali, sodda bola. Akmalni yaxshi taraflari ko'p deb bilaman. Do'stlarga yordamini ayamaydigan inson sifatida ham ajratib ko'rsatish mumkin.

GOAL ning VIDEOsini saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. VIDEO


Loyiha mualliflari: SHahboz Beg'amov va Kamola Qurbonova.

Ijodiy guruh: Tolibjon Qosimov (fotograf) va Zoir Tursunboev (operator)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика