Gnabri "Bavariya"ning yiliga 19 mln evro maoshlik shartnomasini rad etdi. Klub taklifni oshirmaydi
03 iyu 2022 14:35
Yangiliklar
Gnabri "Bavariya"ning yiliga 19 mln evro maoshlik shartnomasini rad etdi. Klub taklifni oshirmaydi
Serj Gnabri "Bavariya" tomonidan berilgan yangi shartnoma borasidagi taklifni rad etdi.
Vinger Myunxen klubi bilan kelishuvni uzaytirishni rad etdi. Unga yiliga 19 million evro maoshga ega shartnoma taklif qilishdi.
"Bavariya" rahbariyati taklifni yuqorilatmoqchi emas. Klubda muzokaralarni davom ettirish uchun rejalar yo'q.
Gnabrining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Nemis klubda 2017 yildan beri o'ynaydi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar