Gleyzerlarning "ishbilarmonligiga" shubha qilmang
23 may 2023 16:33
Yangiliklar
Gleyzerlarning "ishbilarmonligiga" shubha qilmang
"Manchester Yunayted" xo'jayinlaridan biri Avram Gleyzer yarim million funtlik uchish xarajatlarini klub hisobiga "ilib qo'ydi".
"The Athletic"ning xabariga ko'ra, gap amerikalik ishbilarmonning Atlantika okeani ustidan o'tadigan shaxsiy samolyotdagi, har biri 250 000 funtga tushadigan, ikki parvoz haqida ketyapti.
Ularning birinchisida Gleyzer "Yunayted"ning Liga Kubogi finalida "Nyukasl" ustidan "Uembli"da zafar quchishini ko'rish uchun fevral oyida kelgan, ikkinchi safar esa Avram ayollar o'rtasidagi Angliya Kubogida "qizil iblislar" "CHelsi" ayollar jamoasiga imkoniyatni boy berganida bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Avramning oilasi hamon "Yunayted"ni qimmatroqqa sotish payida yuribdi. Katta ehtimol Gleyzerlar "qizil iblislar" ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishini kutishmoqda. SHunday taqdirda, ular ehtimoliy xaridorlardan yana ko'proq pul so'ray olishadi.
Fikrlar