So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Giorgos Donis: "Paxtakor"ga qarshi oson o'yin kutmayapman" Yangiliklar

Giorgos Donis: "Paxtakor"ga qarshi oson o'yin kutmayapman"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" o'rtasidagi o'yindan oldin ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanida dastlab Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyi Giorgos Donis va hujumchi Yosir Al Qahtoni qatnashdi.

“Jamoamiz OCHLda doim katta maqsadlarni qo'yamiz. O'tgan yil yarim finalda oxirgi soniyalarda gol o'tkazib finalga chiqa olmagandik. Bu yil yana finalga chiqishga urinamiz. “Paxtakor”ning o'yinlarini ko'rib chiqdik. Superkubok uchun bahsni ham tomosha qildik. Jamoa ancha kurashuvchan va harakatchan. Ertangi bahs qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman”, - deydi Giorgos Donis.

“Paxtakor”ning katta tarixga ega ekanligini bilamiz. Tarkibda bir qator kuchli futbolchilar bor. Ammo bizning maqsadimiz OCHLni g'alaba bilan boshlash shu bois bor kuchimiz bilan o'ynab keyingi bosqichga chiqishga urinamiz”, - deydi Yosir Al Qahtoni.

- O'zbekiston va Saudiya Arabistoni klublari o'rtasidagi to'qnashuvlar statistikasida ustunlik sizlar tomoningizda. Bu siz uchun qanchalik ahamiyatli?
- Statistika yaxshi narsa ammo barchasi maydonda hal bo'ladi. Kim o'yin kuni yaxshi tayyor bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Ertaga bo'shashishga haqqimiz yo'q. “Paxtakor” o'z uyida o'ynaydi.

- “Paxtakor” haqida qanday malumot bor?
- “Paxtakor”ni yaxshi o'rgandim. Doim o'yinlardan oldi raqiblarni yaxshi o'rganaman. Ular asosan jamoaviy o'yin evaziga harakat qilishadi.

- Sizningcha guruhda kimlar favorit hisoblanadi?
- “Al Hilol”ni guruh favorit hisoblashmoqda. Bunga qo'shilamiz, ammo buni maydonda isbotlashimiz kerak. “Al Jazira” va “Traktorsozi” klublari ham kuchli.

- Tarkibda yo'qotishlar yo'qmi? Toshkentga barcha etakchi futbolchilar keldimi?
- Safimizda bir qator yo'qotishlar bor. 4 nafar o'yinchimiz jarohat olgan. Biz qiyin davrni boshdan o'tkazayapmiz. “Paxtakor”ga qarshi o'yindan keyin “Al Ittihod”ga qarshi maydonga tushamiz. Bu deyarli derbiga teng bahs bo'ladi.

- Tiago Neves jamoani tark etdi. Uning o'rni qanchalik to'ldirildi? Karlos Eduardoning o'yinidan qoniqayapsizmi?
- To'g'ri Neves jamoamizning muhim o'yinchisi edi. Biroq bizda bir futbolchi etakchi deb o'ylamayman. Jamoaviy o'yin bizda kuchli. Karlos Eduardo yaxshi o'ynamoqda. Ammo uni ham jamoaning yaqqol etakchisi deya olmayman.

- O'zbekiston terma jamoasi va klublarga qarshi o'ynagansiz. Ertangi o'yindan oldin fikrlaringiz?
Yosir Al Qahtoni:
- To'g'ri bir necha marta milliy terma jamoa va klublaringizga qarshi o'ynaganman. Ertaga agar maydonga tushsam o'zimni ko'rsatishga urinaman. Sababi o'zbek jamoalariga qarshi o'ynash menga yoqadi.

- O'zbek klublariga qarshi o'yin sizlar uchun qanchalik havotirli? Yoki bizning klublarga qarshi oddiy o'yin sifatida tayyorlanasizlarmi?
Yosir Al Qahtoni:
“Paxtakor”ga qarshi juda ko'p o'ynaganman. Oldin jamoa juda kuchli edi. Hozir tarkibda o'zgarishlar bo'lgan. Ertaga oson o'yin kutayotganim yo'q. Maydonning har bir qarichi uchun kurashamiz, shundagina 3 ochkoga ega bo'lishimiz mumkin.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика