So’nggi yangiliklar

08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  0 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  3 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7

Giorgos Donis: "Bugungi natija o'yinga mos bo'ldi" Yangiliklar

Giorgos Donis: "Bugungi natija o'yinga mos bo'ldi"

Teglar :  Giorgos Donis
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun OCHLning 1-turini o'tkazdik. O'yin teng kurash bo'ldi. Birinchi bo'limda “Paxtakor”, ikkinchi bo'limda bizda xavfli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Hisobni ochganimizdan keyin darhol gol urishimiz mumkin edi. Undan foydalana olmadik. Menimcha natija o'yinga mos bo'ldi”, - deydi Donis.

- Ikkinchi bo'limda jamoa kuchini tejab o'ynagandek tuyuldi. Bunga nima sabab?
- Yo'q unday bo'lmadi. Uchrashuv oxiriga borib bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. O'yin oxirida futbolchilar biroz charchab qoldi.

- Ikki xil taym ko'rdik. Jamoaingiz “Paxtakor”ning o'yin uslubiga qarab o'ynadimi?
- O'yin boshida tenglik kuzatildi. Ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsatdik.

- Darvozabonning xatolariga qanday qaraysiz?
- To'g'ri darvozabonimiz xato qildi. Ammo uni ayblay olmayman. Futbol jamoaviy o'yin shu bois g'alabada barchaning birdek xissasi bo'lganidek mag'lubiyatda barcha aybdor bo'ladi.

- Saudiya Arabistonida mavsum ayni qizg'in pallaga kirgan. O'zbekistonda esa mavsum endi boshlanadi. Bu davlat klublari o'rtasidagi 3ta o'yinda durang qayd etildi. Buni qanday izohlaysiz?
- O'zbek klublari futbol o'ynashga harakat qilishadi. Agressiv o'ynashadi. Guruhimizdagi vaziyat shundayki har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz.

- Javob bahsida “Paxtakor” qarshi hujumda o'ynashi mumkin. Taktikani o'zgartirasizmi?
- Hozir bu o'yin haqida o'ylayotganim yo'q. SHanba kuni “Al Ittihod” bilan katta derbi bor. SHundan so'ng “Paxtakor” bilan bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика