So’nggi yangiliklar

08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  2 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  5 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  12

Gilfi Sigurdsson: "Umid qilamanki Rossiyada ham muxlislarimizning ovozi eshitiladi" Yangiliklar

Gilfi Sigurdsson: "Umid qilamanki Rossiyada ham muxlislarimizning ovozi eshitiladi"

Islandiyalik ishqibozlarning hayqiriqlari shu qadar jarangliki, uni albatta tomosha qilish va eshitish kerak.

Minglab islandiyaliklar o'z suyuklilarini o'ziga xos tarzda qo'llab-quvvatlab turishi bilan boshqalardan ajralib turishadi.

''Vikinglar hayqirig'i'' deya nom olgan bu hayqiriq mamlakat terma jamoasining Kosovo ustidan qozonilgan g'alabasidan so'ng, yanada balandroq tus oldi deyish mumkin. Sababi aynan shu bahsdan so'ng Islandlar o'z tarixlarida birinchi bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Aholisi bor-yo'g'i 335 ming bo'lgan bu mamalakat uchun shubhasiz bu katta voqea bo'ldi.

Islandiya termasining ushbu tarixiy natijaga ko'rsatishida bosh rollardan birini ''vikinglar'' etakchisi Gilfi Sigurdssoning xissasi nixoyatda katta bo'ldi. ''Everton'' yarim himoyachisi Islandiyaning so'nggi besh yillikdagi eng yahshi futbolchisi sanaladi. U Kosovoga qarshi tarixiy uchrashuvda gol urishdan tashqari, jamoadoshi tomon ajoyib golli to'p uzatma sohibiga aylandi.

''Bu juda ajoyib bo'ldi-deydi futbolchi muhbirlarga- uchrashuvdan avval men jamoamning mundialni qo'lga kiritishini orzu qilgan edim. Men termamga yordam berganim va gol urganim zo'r bo'ldi'', - deydi Gilfi.



Aytib o'tganimizdek, Islandiya o'z tarixida birinchi bora jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi ammo buni kutilmagan hol sifatida baholab bo'lmaydi. Ular JCH-2014 ga ham yo'l olishlari mumkin edi, lekin saralashning o'tish qismidagi omadsizlik ularni bu imkoniyatdan mahrum etgan edi. Franciyada o'tgan Evro-2016 bahslaridagi ishtirok esa barchani bu termaga nisbatan hurmat ila qarashga majbur etdi. Ushbu saralash bahsida Sigurdsson jamoadoshlari o'z guruhlarida Xorvatiya, Ukraina, Turkiya kabi termalarni ortda qoldirib, guruhda birinchi o'rinni egallashdi.

''O'ylaymanki, so'nggi to'rt-besh yil ichida biz juda jiddiy uchrashuvlarni o'tkazdik,- xotirlaydi futbolchi. - Avvaliga Braziliya mundiali yo'lidagi saralsh bahslari, keyin Evropa chempionatidagi ishtirokimiz va nihoyat JCH-2018 saralashidagi bahslar. O'ylaymanki, aynan shu saralashlardagi bahslar bizning tajriba to'plashimizga katta yordam berdi. Bundan besh-olti yillar avval biz muhlislar biz to'g'rimizda malumotga ega emas edi. Ammo endi barchasi o'zgardi va biz kuchli termaga aylana oldik''.



SHunday qilib, Xeymir Xadlgrimsson jamoasi I guruhuning g'olibiga aylandi. Mamlakat esa bu bayramni yarim tungacha nishonladi. Bu xursandchilik Sigurdsson uchun ikki barobar bo'ldi. Sababi to'rt yil avval ular aynan Xorvatiya termasiga qarshi hal qiluvchi uchrashuvda mag'lub bo'lishgan va Braziliyada bo'lib o'tgan JCH-2014 yo'llanmasidan mahrum bo'lgan edi.

''Ortga nazar tashlab bu mag'lubiyat biz uchun juda muhim bo'lganini bilish mumkin. Endi biz muhim uchrashuvlarda qanday harakat qilish kerakligini juda yaxshi bilamiz",- donolarcha gapiradi Sigurdsson. -  Biz ketma-ket ikkinchi bor yirik turnirda qatnashamiz. Bu mamalakatimiz uchun ulkan natija"



Evro-2016 da Islandiya termasi olqishlarga sazovor bo'lgan edi. Aynan shu musobaqada Islandlar bilishdiki, ular qitaning har qanday termasiga bosh og'riq bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, qita chempionatida ''vikinglar'' guruh bahslarida Avstriya, Vengriya va Portugaliya termalariga qarshi to'p surib, ushbu keyingi bosqichga yo'l olishgan edi. 1/8 finalda esa Islandiya kimsan Angliyani musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Demak Sigurdsson kelajakka ishonch bilan qarashi mumkin.

''Ko'ramiz, bizga qaysi raqiblar tushar ekan, lekin har qanday vaziyatda ham bizda guruhdan chiqish uchun imkoniyat bo'ladi.  Bu musoba biz uchun ajoyib hissiyotlarni taqdim etishiga shubham yo'q. Ishonamanki, Islandiya aholisi bizdan faxrlanishadi. Biz musobaqa boshlanishi sabrsizlik bilan kutyapmiz. Umid qilamanki, ''vikinglar hayqirig'i'' Rossiyada ham eshitiladi'', - deb so'zini yakunlaydi Islandiya qahramoni.

Islandiya mamlakati haqida FIFA saytining videoroligi VIDEO


FIFA.COM saytidan Maqsud Yahyoev tarjima qildi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика