“G'ijduvon” darvozaboni gol urdi
18 okt 2018 15:53
Yangiliklar
“G'ijduvon” darvozaboni gol urdi
Ayniqsa “B” guruhida qiziqarli xolatlarga duch kelinmoqda. Xususan yaqinda muxlislar darvozabonning raqib darvozasini ishg'ol etganiga guvoh bo'ldi.
Aniqrog'i chempionatning 29-turida Yozyovonda kechgan bahsning so'nggi daqiqalarida “G'ijduvon” posboni Iskandar Mo'minov mezbonlar darvozasiga to'p kiritdi. Gap shundaki, uchrashuv bosh hakami Ahmadillo Ergashev (toshkentlik - muallif) 89-daqiqada yozyovonliklar darvozasi tomon 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini “G'ijduvon” posboni Iskandar Mo'minov aniq amalga oshirib, hisobni 1:4 ko'rinishiga keltirgan xolda, o'yinga so'nggi nuqtani qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Milliy chempionatimiz tarixida Ignatiy Nesterov bundan bir necha yillar oldin raqib darvozasiga to'p kiritganini muxlislar eslasa ajab emas. Iskandar Mo'minov kuni-kecha Nesterovning natijasini takrorladi. Ko'ramiz, endi Mo'minovdan keyingi posbon kim bo'lar ekan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar