Giggz Sulsherni maqtab qo'ydi
09 mar 2020 21:14
Yangiliklar


Giggz Sulsherni maqtab qo'ydi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rayan Giggz jamoaning derbidagi g'alabasi haqida gapirdi.
"Sulsherga tan berish kerak, u tarkibni tozaladi va o'yinni o'zgartirdi. Tizim esa o'sha-o'sha.
U asosiy tarkibda MakTominiga joy bermadi va Jeyms bilan o'yinni boshladi. "Everton"ga qarshi o'yinga qaraganda ikki o'zgarish qildi. Bu o'zgarishlarni qilgan Sulsher qarsaklarga arziydi.
Fernandesh esa yangi jamoada ochilib ketdi. U bilan MYU yanada kattaroq jamoaga aylandi. Sulsher va futbolchilar katta hurmatga loyiq", - dedi Giggz.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar