Giggz: "Men penaltilarni hech qachon Pogba, Azar yoki Brunu uslubida tepmasdim"
18 may 2020 00:54
Yangiliklar
Giggz: "Men penaltilarni hech qachon Pogba, Azar yoki Brunu uslubida tepmasdim"
"Zarba berishdan oldin darvozabonga uzoq termulib o'tiradigan o'yinchilar bor. Eden Azar ajoyib texnikaga ega, zarbadan oldin juda sekin harakatlanadi. Brunu Fernandesh ham penaltini kichik sakrash bilan amalga oshiradi.
Mening falsafam boshqacha edi. To'pni burchakka yo'llayman. Zarbani aniq yo'llash kerak. SHunda darvazabon yo'nalishni topsa ham, ulgurolmaydi. Bu mening falsafam edi, shuning uchun darvozabonlarning qaysi tomonga sakrashi menga qiziq bo'lmagan. Agar pastki burchakni aniq nishonga ola bilsam, golkiper to'pni qaytarolmas edi. SHuning uchun darvozabonlarga tikilib, ular bilan psixologik o'yinlar qilmasdim. Buning uchun sizda Azar va Brunudagi ishonch bo'lishi kerak. Pogba ham zarba berish uchun juda sekin qo'zg'aladi. Men hech qachon bunday qilmagan bo'lardim", – dedi Giggz.

Manchester klublari "Veles Sarsfild" futbolchisi uchun kurash olib borishadi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar