Giggz: “Manchester Siti”ni “MYU”, “CHelsi” va “Arsenal”ga tenglashtirishga hali erta
28 fev 2018 00:54
Yangiliklar


Giggz: “Manchester Siti”ni “MYU”, “CHelsi” va “Arsenal”ga tenglashtirishga hali erta
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggzning aytishicha, “Manchester Siti”ni APLning 25 ta mavsumida 21 ta chempionlikka erishgan “MYU, “Arsenal” va “CHelsi” bilan solishtirishga hali erta.
Ayni paytda “Siti” (72 ochko) bilan APL turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi “MYU”ni 13 ochkoga ortda qoldirib, yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
“O'ylashimcha, “Siti” futbol premer-liga tarixidagi eng yaxshi o'yinlarni namoyish etmoqda. Ammo hali bu jamoani “MYU”, “Arsenal” yoki “CHelsi” bilan solishtirishga erta. Bitta mavsumda mo'jizaviy o'yin ko'rsatishmas, har mavsumda barqarorlikni namoyish etish muhim”, deya Giggzning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” 2012 va 2014 yilda APLda chempionlikka erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar