Giggz Beylni maqtadi

Mirjalol Normatov
27 may 2018, 17:24
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz "Real" futbolchisi Garet Beyl manzili tomon maqtovlar yo'lladi.

"Beyl - uelslik buyuk futbolchilardan biri. Buyuk futbolchilar har doim muhim vaziyatlarda o'z vazifasini mukammal darajada bajarib keta olishi bilan ajralib turishadi. Garet buni ketma ket ikki yil YCHL finalida takrorlay oldi. U o'zining ajoyib faoliyatidagi to'rtinchi YCHL sovrinini qo'lga kiritdi. Garet - eng zo'r futbolchilardan biri", - dedi Giggz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footballhd.ru