Gevorkyan taqdirlandi
02 iyu 2015 06:32
Yangiliklar
Gevorkyan taqdirlandi
O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, OCHL va OFK musobaqalarida jamoalarimiz safida yuzlik marrani zabt etgan futbolchini O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga qabul qilinishidan xabaringiz bor. Artur Gevorkyan 2006-2009 yillar mobaynida "SHo'rtan" safida Oliy liga doirasida 98 o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg'ol etgandi. 2010 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida bir mavsumni o'tkazgan Artur Gevorkyan Oliy liga uchrashuvlarida 23 bellashuvda maydonga chiqib, 2 bor gol kiritishni uddasidan chiqqandi. 2011 yildan boshlab "ajdar"ga aylangan Artur Gevorkyan "Nasaf" libosida Oliy ligada 100dan ortiq o'yin o'tkazishga ulgurdi va raqiblari darvozasini 56 marotaba ishg'ol etdi. SHu tariqa jamoamiz safida beshinchi mavsumni o'tkazayotgan Gevorkyan bugungi kunda gollari soni 102 taga etkazdi.
SHu munosabat bilan bugun “Nasaf”-“So'g'diyona” uchrashuvidan oldin jamoamiz sardoriga O'zbekiston futbol federaciyasi faxriylar kengashi raisining o'rinbosari To'lagan Isoqov maxsus sovrin topshirdi.
Fikrlar