Getce uchun yana bir xaridor paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020, 21:50
Birgina muammo - futbolchining yuqori maoshi bo'lmoqda.

"Bild" xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si hujumkor yarim himoyachisi Mario Getce kelasi mavsumda jamoa tarkibida o'ynamaydi. 1 iyul kunida xavbek klub bilan shartnomasi yakunlanadi va erkin agentga aylanadi.

Qayd etilishicha, Getcega ayni damda "Atletiko" ham da'vogarlik qilmoqda. Biroq pandemiya inqirozi sababli madridliklar unga yiliga 2 mln evro maosh to'lay olishini ma'lum qilgan. Hozirda u yiliga 10 mln evro maosh olmoqda. Uni hozirda "Milan" ham kuzatib bormoqda.

Ushbu mavsumda Getce Bundesliganing 15 o'yinida 3 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild