So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Germaniyaning Reviersport nashrida Qirg'iziston terma jamoasi etakchisi haqida maqola chop etildi Yangiliklar

Germaniyaning Reviersport nashrida Qirg'iziston terma jamoasi etakchisi haqida maqola chop etildi

Terma etakchisi JCHda o'ynashdan umidvor ekanligini bildirdi.

Qirg'iziston milliy terma jamoasining etakchi o'yinchilaridan biri Viktor Mayer Germaniyaning "Videnbryuk" klubiga Hududiy ligaga qaytishi uchun munosib tarzda ko'maklashdi. Reviersport nashri tomonidan uning sharafiga "Forvard jahon chempionatini orzu qilmoqda" sarlavhali maqola chop etildi.

Viktor Mayer joriy mavsum "Videnbryuk" safida hamma chempionatlar kabi to'xtab qolgan Oberliga Vestfalenda to'p tepdi. Ammo u yanada ko'proq muxlislar qarshisida o'ynay olishi mumkin.

Viktor professional futbolda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. U futbol sir-asrorlarini "Gamburg"da o'rgandi. klubning birinchi jamoasiga o'tish arafasida edi, biroq jarohatlar unga pand berdi. U "SHportfroynde", "Osnabryuk", "Xafelze", "Meppen" kabi jamoalarda, shuningdek, Niderlandiya ikkinchi ligasida qatnashuvchi "Emmen" klubida o'ynadi, so'ngra 2017 yilda "Videnbryuk" safini to'ldirdi.

Mayerning xalqaro faoliyati ham etiborga molik. Bir necha yil davomida u Qirg'iziston terma jamoasi uchun 21 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani qayd etdi.

"Hammasi 2015 yilda, jamoa boshqaruvi Aleksandr Krestinin qo'l ostiga o'tgan kezlarda boshlandi. Men "Meppen"da o'ynab yurardim, o'sha paytlarda skautlar nazariga tushdim va mendan tashqari yana 3 nafar nemis futbolchisi terma o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga taklif etildi. Yig'in davomida yorqin o'yin ko'rsata oldim", - deya eslaydi Mayer.

Mayer Jahon chempionati saralash o'yinida, aniqroq aytganda, Bangladeshga qarshi bahsda debyut qildi va shu vaqtdan beri terma jamoada muntazam ravishda o'ynab kelmoqda. U nafaqat, SHarqiy Vestfaliyada yuzlab muxlislar oldida, balki Yaponiya yoki Avstraliya maydonlarida 30 ming tomoshabin qarshisida o'ynadi.

"Qirg'izistonda ham muxlislar ko'p. Uy o'yinlarida bizni juda ko'p muxlislar qo'llab-quvvatlaydilar. Jamoamiz darajasi o'sib bormoqda, so'nggi yillarda juda yaxshi rivojlanmoqdamiz", - deydi Mayer.

U terma jamoadagi debyutini o'tkazganida, jamoa FIFA reytingida 175-o'rinni egallab turgan edi, hozir esa 96-o'ringa joylashgan, bir muncha vaqt 75-o'rinda borganini ham takidlash joiz. 

2019 yili qishda qirg'iz futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli davr kuzatildi, xuddi shunday Viktor uchun ham. Qirg'izistonliklar tarixda birinchi marta Osiyo kubogida o'ynash huquqini qo'lga kiritishdi. Bu Mayer uchun faoliyatining cho'qqisi bo'ldi, desak adashmaymiz. Qahramonimiz jarohati tufayli yuzaga kelgan 10 oylik tanaffusdan so'ng tuzaldi va hozirda Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga qo'shildi.

"Men Osiyo Kubogida qatnashishga 100 foiz tayyor edim. Biroq, musobaqa oldidan tizzam shishib ketdi va qo'rqinchli jarohatga yo'liqdim. Menga bo'g'imim shikastlanganini aytishdi va uyga qaytib ketishimga to'g'ri keldi", - deb eslaydi Viktor.

Mayer ushbu mavsum oldidan yashil maydonga qaytdi. 18 o'yinda 6 ta gol urib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi, jamoasiga jadvalda etakchilik qilish yo'lida o'zining katta hissasini qo'shdi. CHempionat to'xtatilganidan so'ng, "Videnbryuk" yuqorilab, Hududiy ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

"Ishonchim komilki, biz bunga sport tamoyillarga binoan erishdik va baribir birinchi o'rinni boy bermasdik. Hududiy ligada o'ynashga loyiq ekanligimizni isbotlay oldik".

Uning "Videnbryuk" bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi. Aytish kerakki, u yana milliy jamoaga qaytdi va 2023 yili Osiyo kubogida o'ynashga umid qilmoqda. Bugungi kunda Qirg'iziston terma jamoasi JCH-2022 saralashida kurash olib bormoqda.

"Oldinda hali juda ko'p o'yinlar bor. Biroq Qirg'iziston bilan Jahon chempionatida o'ynashdan umidvorman.  Bu menga orzudan ham ziyodroq his-tuyg'uni olib kelgan bo'lardi", - deydi Mayer.

Miron Goyxman

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика