So’nggi yangiliklar

19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  3 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  5 18:53Луис Энрике ПСЖ футболчисининг "Атлетико"га ўтишига тўсқинлик қилди  0 18:21Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда  6 17:59"Кристал Пэлас" - "Челси", "Ньюкас" - "Астон Вилла". Таркиблар маълум  2 17:44Алан Ширер: "Ливерпуль"нинг ўйинида барча жабҳада муаммолар бор"  0 17:10Эден Азар: "Мбаппе "Олтин тўп"ни қўлга киритиши учун нима қилиши керак?"  1 16:44Тибо Куртуа: "Барселона" бизнинг натижаларимизга эътибор қаратмай, ўз дунёсида яшамоқда"  5 16:03Арне Слот Салоҳни яна захирада қолдириши мумкинми? Мураббий жавоб берди  1 15:44Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди  10 15:36Назорат ўйини. "Қизилқум" "Спартак-2"ни мағлуб этди  3 15:00Назорат ўйини. "Насаф" Польша клуби билан дуранг ўйнади  6 14:13"Криштиану йиғлагудек ҳолатда эди". Каранка Моуринью ва Роналду ўртасидаги жанжал тафсилотларини ошкор қилди  2 13:54"Динамо" бир ой олдин жамоага қўшилган Мабепа Айесса билан хайрлашди  4 13:43Бугунги ўйинлар: “Арсенал” — МЮ, “Рома” — “Милан”, “Барса” уйда ва бошқалар  4

Germaniyalik qalqon - Mats Xummels! Yangiliklar

Germaniyalik qalqon - Mats Xummels!

Ertaga Germaniyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri Mats Xummels o'zining tavallud ayyomini nishonlaydi.

SHu munosabat bilan futbolchi haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Mats Yulian Xummels (nem. Mats Julian Hummels; 1988 yilning 16 dekabrida, Bergish-Gladbax, Germaniya Federativ Respublikasida tug'ilgan) - germaniyalik futbolchi, myunxenning "Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Myunxenning "Bavariya" klubi tarbiyalanuvchisi. Otasi Xerman Xummels ham o'sha erda murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

2005 yildan boshlab ikki yil davomida "Bavariya-2" safida regional ligada ishtirok etib  42 ta o'yinda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. 2006/07 yilgi mavsumdan boshlab "Bavariya"ning asosiy tarkibi bilan shug'ullanishni boshlaydi. 2007 yilda "Bavariya" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekadi. O'sha yilning 19 mayida Bundesligada ilk marotaba maydonga tushadi. Uning debyuti "Maync"ga qarshi o'yinga to'g'ri kelgandi. O'shanda myunxenliklar 5:3 hisobida g'alaba qozongandilar.

2008 yilda esa ijara asosida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga ko'chib o'tadi. CHunki, yosh himoyachiga myunxenliklarning asosiy tarkibidan joy topilmagandi. Yurgen Klopp qo'l ostidagi "Borussiya"da u tezda jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylana oldi.



2010/11 yilgi mavsumda esa Mats jamoasi bilan Bundesliga chempionligini qo'lga kiritdi. O'shanda "Borussiya" mavsum davomida sifatli futbol namoyish etgan, Xummels esa chempionat yakunlariga ko'ra eng yaxshi himoyachilardan biri bo'la olgandi. Navbatdagi mavsumda ham dortmundliklar chempionlikni qo'lga kirita oldilar. SHuningdek, Germaniya Kubogi sohibiga ham aylanadi. O'shanda finalda "Bavariya" 5:2 hisobida taslim etilgandi. Kelasi mavsumda esa "Borussiya" sovrinlar qo'lga kirita olmadi, lekin, ECHLda finalgacha etib borgan va hal qiluvchi o'yinda principial raqib - "Bavariya"ga imkoniyat boy beriladi.

2014/15 yilgi mavsum oldidan esa Xummels "Borussiya"ning yangi sardori etib tayinlanadi.

2016 yilning 10 mayida esa "Bavariya"ga ko'chib o'tadi va klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Ayni payda "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda.



Erishgan yutuqlari:

"Borussiya D"

Germaniya chempioni: 2011, 2012

Germaniya kubogi sohibi: 2012

Germaniya superkubogi sohibi: 2013, 2014

ECHL finalchisi: 2013



"Bavariya"

Germaniya superkubogi sohibi: 2016


Germaniya terma jamoasi



Jahon chempioni: 2014

Evropa chempionati bronza medali sohibi: 2012, 2016


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi


Futbolga oid tezkor va muhim xabarlar saytimizning Telegram'dagi sahifasida! Obuna bo'lishni tavsiya etamiz > > > TELEGRAM'DAGI KANALIMIZ

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика