Germaniyada stadionlarga 25 minggacha tomoshabin kiritilishiga ruhsat berildi. "Bavariya" uchun esa - 20 ming
06 iyu 2021 23:32
Yangiliklar
Germaniyada stadionlarga 25 minggacha tomoshabin kiritilishiga ruhsat berildi. "Bavariya" uchun esa - 20 ming
Germaniya stadionlarga muxlislar kiritilishi bo'yicha cheklovlarni kamaytirdi.
Endilikda, stadionlarga umumiy sig'imning 50% miqdorida muxlislar kiritilishi mumkin. Ammo, bu raqam 25 ming tomoshabindan oshmasligi lozim. "Bavariya" klubi uchun esa bu ko'rsatkich 20 ming (35%) tomoshabinni tashkil qiladi. Bunga sabab, ushbu mintaqadagi koronavirus bilan bog'liq vaziyatning biroz jiddiyroq ekanligida. Stadionga faqat vakcina qabul qilgan yoki PZR-test natijasi manfiy chiqqan muxlislar kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, yaqindagina Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham stadionlarga muxlislarni kiritilishi borasidagi ijobiy qarorini elon qilgandi.
Fikrlar