So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  2 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  2 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  21 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1

Germaniya zo'r futbolchilarni chiqarishdan zerikdi. Endi ular yaxshi murabbiylarni etishtirib bermoqda Yangiliklar

Germaniya zo'r futbolchilarni chiqarishdan zerikdi. Endi ular yaxshi murabbiylarni etishtirib bermoqda

Hozir Germaniya bundesligasida 40 yoshdan oshmagan olti nafar murabbiy ishlamoqda.

Ulardan ikki nafari Domeniko Tedesko va Yulian Nagelsmann mahalliy murabbiylar maktabi tarbiyachlanuvchilari bo'lib, 2017 yil nemis futbolida o'ziga xos burilish yasay olishdi. Endilikda Germaniya zo'r futbolchilarni chiqarishdan zerikdi. Ular etiborni yosh va kelajagi porloq murabbiylarni tarbiyalashga qarata boshlashdi. Umuman olganda, Germaniyada barcha sohalarda yoshlarga bo'lgan etibor kuchli. 

Bundan bir necha yil oldin SHimoliy Reyn-Vestfaliyada yosh musiqachilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Har bir bolaga bittadan musiqiy asbob" dasturi yo'lga qo'yilgandi. Natijada Rursk viloyatida istiqomat qiluvchi 200 mingdan ziyod maktab o'quvchilariga bepul musiqa asboblari tarqatilgan. Albatta, bularning hammasi bolalar musiqadan yaxshi bilim olsin degan maqsadda amalga oshiriladi. 

Yana futbolga qaytamiz. Ayni damda Bundesliganing beshta klubida xorijlik murabbiy faoliyat olib boryapti. Ulardan ikki nafari - xorvatiyalik Niko Kovach ("Ayntraxt") bilan vengriyalik Pol Dardai ("Gerta") bolaligidanoq Germaniyada katta bo'lishgan va yaxshi mutaxassis bo'lib etishishdi. Avstriyalik Peter SHteger ("Borussiya D") va uning hamyurti Ralf Xazenxyuttlni ("Leypcig") nemislar xorijlik deyishmaydi hisob. Bundan kelib chiqyaptiki, birgina shveycariyalik Martin SHmidtni ("Volfsburg") "toza" xorijlik deya
olamiz. 

Xennes Vaysvayler akademiyasi Germaniyada murabbiylar etishtirib beradigan eng yaxshi maktab (markaz) hisoblanadi. Bu markaz 1947 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda va Bundesligadan 10 yosh kattadir. Maktab ichida bir nechta futbol maydoni, ochiq basseyn, to'rt yulduzli mehmonxonaga mos xonalar va katta oshxona mavjud bo'lib, oxirgi 40 yil ichida etishib chiqqan mahalliy murabbiylarning ko'pchiligi aynan shu erda tahsil olishgan.

 

Masalan, ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan Otto Rexagel 1969 yilning oktyabr oyidan 1970 yilning martigacha ushbu markazda o'qigan, o'shanda markaz rahbari Xennes Vaysvayler bo'lib, u nemis futboli tarixidagi eng yaxshi murabbiylar sirasiga kiradi. Bugungi kunda "Bavariya"ni boshqarayotgan Yupp Xaynkes 33 yoshida shu erda murabbiylik diplomiga ega chiqqan. Klaus Topmeller 1984 yil, Feliks Magat esa 1989 yilda markazga qatnay boshlagan. 

2000-yillarning boshida endi navbat boshqalarga kela boshladi. Yosh avlod etishib chiqdi. Dastlab Yurgen Klinsmann Mattias Zammer, Per Littbarski hamda Germaniya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Yoaxim Lev bilan birgalikda maktabga qatnay boshladi. 2005 yil Yurgen Klopp, oradan bir yil o'tib esa Tomas Tuxel mazkur markazni bitirganlik haqida maxsus diplomga ega bo'lishdi. 

Akademiyada 10 oylik o'qish to'lovi 10 ming evroni tashkil etadi. Bunga yo'lkira xarajatlari hamda eb-ichish kirmaydi. O'quv markaz SHimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Xennef shahrida joylashgan. U erga xohlagan odam borib o'qishi mumkinmi? Yo'q, albatta. Mamuriyat avvalambor "A" licenziyasi bor murabbiylarni o'qishga qabul qiladi. "A" licenziyasini qo'lga kiritish uchun murabbiylar kamida bir yil Mintaqaviy liga (4-divizion) yoki Oberligada ishlashlari kerak. 

Markazga abiturientlarni qabul qilishdan oldin markaz rahbari Frank Vormut, o'zining ikki yordamchisi hamda ikki nafar psixolog yordamida nomzodlarni to'liq nazoratdan o'tkazadi. Tekshiruv uch xil uslubda olib boriladi. Birinchisi, yozma ish - bunda asosan mantiqiy savollardan iborat test beriladi. Ikkinchisi, 20 daqiqalik suhbat - bunda yosh mutaxassislar murabbiy bo'lishdan maqsadlari nima ekani haqida so'zlab berishadi. Uchinchisi esa ikki soatlik amaliy imtihon bo'lib, bunda futboldagi taktik xatolar va ularni to'g'rilash ustida masalalar beriladi. 

Aytaylik, akademiyaga 80 kishi hujjat topshirdi, lekin yakunda ulardan 20-25 nafari o'qishga qabul qilinadi. O'qishga kira olmaganlar esa keyingi safar boshqatdan tayyorlanib kelishga majbur bo'lishadi. Markazning yana bir jihati shundaki, bu erda hammaga teng qaraladi. O'qishga kelgan murabbiy mashhurmi yoki nomi chiqmaganmi, akademiyadagilar uchun hamma bir xil. Hatto o'z klubi yo jamoasi bilan chempionlikka erishganlar ham hech kim tanimaydigan murabbiylar bilan birga o'tirib qolishlari mumkin. 

SHuningdek, lekciya jarayonlariga hamma kirishi shart. "Pro" licenziyasini olmoqchi bo'lgan murabbiy barcha maruzalarni diqqat bilan eshitib boradi va yakunda imtihon topshiradi. Akademiya rahbari Frank Vormut uchun mashhur familiyalar hech narsani anglatmaydi. Maktabda tahsil oladigan shaxslar orasida hatto Bundesligada 400ta o'yin o'tkazgan sobiq futbolchilar uchrasa-da, u hamma bilan oddiy munosabatda bo'ladi. 

O'zining aytishicha, bazilar hatto tanish-bilish qilmoqchi bo'lgan ekan. Biroq Vormut darhol rad javobini bergan. "Menga 24 nafar do'st kerak emas, telefon daftarcham yangi nomlar bilan to'lishini xohlamayman, - deydi Vormut. - Men faqat bir narsani xohlayman, yani yil oxiriga kelib bizdan o'qimishli odamlar chiqsin, ular keyinchalik qo'lga kiritgan diplomidan unumli foydalansin. Kuchli murabbiylar etishib chiqsin deyman". 

15 yil katta futbolda bo'lish ham bazan hech qanday ustunlik bermay qo'yishi mumkin. Germaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kristian Vyorns bu haqda shunday degandi: "Men endi-endi kurslarga qatnay boshlaganimda hammasi men uchun oson kechadi, chunki shuncha yil to'p tepdim, futbolda hamma narsani bilaman deb o'ylagandim. Ammo futbol nazariyasi haqida ming sahifalik kitob o'qib shunga amin bo'ldimki, o'shanda juda adashgan ekanman". 

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tib akademiyaga qabul qilingan murabbiylar birinchi navbatda qilishadi? Ular taqvim bo'yicha eng yaqin yozgi turnirga borib, o'sha erda malaka oshirishadi. Bu U-20 Evropa chempionati yoki kattalar o'rtasidagi qita birinchiligi bo'lishi mumkin. Bo'lajak murabbiylar u erda professional skautlarning ish olib borish uslubini o'rganishadi, ular guruh-guruh bo'linib o'yinlarga borishadi va har bir bahsni yozma tahlil qilishadi.

 O'quv kursining nazariy asoslari taktika, talim, psixologiya va fizioterapiyadan iborat. Akademiyadagi eng mashhur darslardan biri "Issiq stul" deb nomlanadi. Bu shunday ko'rinishda bo'ladi: uch nafar murabbiyga yoshlar bundesligasidagi haqiqiy jamoa beriladi. Murabbiylar navbati bilan jamoani boshqara boshlaydi, yani mashg'ulotlar o'tkazishadi. Qanday mashg'ulot o'tkazish har bir murabbiyning o'ziga havola va qancha vaqt davom etishini ham o'zi hal qiladi. Maqsad - jamoani bo'lajak bellashuvga tayyorlash. Boshqalar esa jamoa bilan ishlayotgan murabbiyning ishini kuzatib, tahlil qilib borishadi. 

Ertasi kun mashg'ulot o'tkazgan murabbiy stulga o'tirib, qolgan murabbiylarning tahlillarini eshitadi va o'ziga qo'yilgan bahoni hamda kamchiliklarini bilib oladi. SHunday holatlar bo'lganki, keskin tanqidiy fikrlarni eshitib, bazi murabbiylar chuqur tushkunlik holatiga tushib qolgan. Har qanday vaziyatda ham murabbiy o'z faoliyati davomida yuzlab shunday suhbatlarga duch keladi va akademiya bu borada ularni oldindan tayyorlab boradi. 

"Biz uchun studentlarga berilayotgan talim real hayotdan uzilib qolmasligi muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi markaz o'qituvchilaridan biri Brendan Birx. - Biz bosh murabbiy doim o'z yordamchisi bilan bir xil fikrda bo'lishini xohlaymiz. Boshqacha aytganda, bizning markazda tahsil olayotganlar hatto video tahlilchi, fitnes-murabbiy yoki jamoa shifokori gapirganda ham hammani birdek tushunishi lozim". 

Talimning final qismida har bir murabbiy Bundesliga klublaridan birida sakkiz haftalik amaliyot o'taydi. SHu qatorda ular boshqa klublarda amaliyot o'tayotgan hamkasblarining ishini nazorat qilib borishadi. Ikkinchi tomondan, aytaylik ikkinchi liga murabbiyi uchun Vaysvayler diplomiga ega chiqish juda katta voqelik hisoblanadi. 2011 yil shunday murabbiy Roger SHmidt diplomni qo'lga kiritgach, unga shunday takliflar bo'ldiki, bundan og'zi lang ochilib qoladi. Keyinchalik murabbiyning o'zi "Paderborn"ni tanladi va ikkinchi ligada bu jamoa bilan beshinchi o'rinni band etdi. Bu o'sha payt klub tarixidagi eng yaxshi natija bo'lgandi. 

"Pro" licenziyasi bo'lmagan murabbiy Germaniyada hatto uchinchi divizion klubida ham ishlay olmaydi. Masalan, Angliyada "A" licenziyali murabbiy yaqin-yaqingacha CHempionshipda ishlay olardi. Germaniyada esa Talentforderung dasturiga ko'ra "Pro" licenziyasiga ega kamida ikki nafar murabbiy mudom yoshlarni kuzatib boradi. Mario Getce, Andre SHyurrle, Marko Roys, Yulian Draksler, Timo Verner, Joshua Kimmix kabi futbolchilar aynan mana shu dasturning faoliyati orqali katta futbolga kirib kelishgan deya olamiz. 

Ayni paytda UEFA Germaniyaning Xennes Vaysvayler akademiyasidan tashqari butun Evropa bo'ylab 45ta mana shunday o'quv-markazlari bilan aloqa o'rnatgan. Lekin bu markazlar orasida Germaniya akademiyasining o'rni alohida va buni UEFA ham tan olgan. Evropa standarti bo'yicha "Pro" licenziyasini qo'lga kiritish uchun 240 soatdan kam bo'lmagan vaqtni o'qishga bag'ishlaysiz. Angliyada masalan "Pro"ni qo'lga kiritish uchun 256 soat o'qisangiz kifoya. Lekin Germaniyada bu licenziyaga ega bo'lish uchun 815 soat o'qishingiz kerak bo'ladi.

"SHalke" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko 32 yoshda. U professional murabbiy bo'lguniga qadar Daimler zavodida muhandis bo'lib ishlagan. Ammo keyinchalik murabbiy bo'lishga qaror qiladi va kurslarga qatnay boshlaydi. Bemalol aytish mumkin, uning qo'l ostida "SHalke" ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Bilasizmi, bu jamoaga kelgunga qadar Tedesko ikkinchi ligadagi "Ercgebirge Aue" klubida ishlagan va jamoani atigi 11ta o'yinda maydonga olib tushgan. 

Tedesko 2015 yil germaniyalik yana bir yosh murabbiylardan biri Yulian Nagelsmann bilan birga murabbiylik kurslarida tahsil olish uchun Vaysvayler akademiyasiga yo'l oladi. "Ularning ikkalasi ham iqtidorli edi, - deya xotirlaydi ularning kursdoshi Patrik Veyzer. - Domeniko har doim auditoriyaning eng tinch o'quvchilaridan biri bo'lgan. U bahs-munozalarga kam qatnashar, oxirgi partada o'tirib nimalarnidir bloknotiga yozib o'tirardi. Yulian esa uning aksi edi. U kurslarga motociklda qatnar, doim odamlar etiborida bo'lishni yoqtirardi. Qolaversa, o'qituvchilari bilan ko'p bahslashardi. O'shanda u tez-tez uch himoyachi bilan o'ynash kerakligini uqtirardi. "Xoffenxaym" ishtirokidagi o'yinlarni kuzatar ekansiz, jamoaning uchta himoyachi bilan o'ynayotganini ko'rasiz". 

36 yoshli Xannes Volf oxirgi to'rt yildan beri muntazam qaysidir turnirda g'alaba qozonib keldi. U "Dortmund"ning U-17 va U-19 jamoalari bilan yoshlar o'rtasidagi birinchiliklarda zafar quchdi, shuningdek o'tgan yil ikkinchi ligadagi "SHtutgart"ni eng kuchli jamoalardan biriga aylantirdi. Natijada klub rahbariyati murabbiy bilan qo'shimcha yana ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. 2009 yilda Yurgen Klopp Xannesning ishidan qattiq tasirlanib, uni "Dortmund"ga taklif etadi va yoshlar jamoasini ishonib topshiradi. 

Xannes Volf 25 yoshga to'lganida Dortmund tumanidagi "Aplberk" klubida ish boshlaydi va o'zining ajoyib mashg'ulotlari bilan hammani hayron qoldiradi. "Esimda, biz Gollandiyada yig'in o'tkazgandik, - deya eslaydi "Aplberk" xo'jayini Xayner Brune. - Biz uch kun faqat plyajda mashq qildik. Futbol haqida shu uch kun umuman gap bormadi. Volf qumga tosh ko'mib qo'ydi, futbolchilar esa uni qidirib topishlari kerak bo'ldi. SHunda men bu mashg'ulot emas, bolalar bog'chasi dedim. Ammo jamoa mana shu mashg'ulot tufayli ham yaxshi formaga kirib oldi. Garchi plyajda shug'ullangan bo'lsak-da, bizni kuzatish uchun juda ko'p muxlislar kelgandi". 

Xannes Volf 2012 yil akademiyani eng yaxshi baholar bilan tugatgan. Bundesliganing yana bir klubi "Maync" haqida gaplashadigan bo'lsak, jamoa o'n yildirki chetdan deyarli murabbiy qidirmayapti. Hatto bir kun klub sport direktori Kristian Xaydl U-19 jamoasi bilan ishlab kelayotgan Tomas Tuxelni maqtab rahbariyatga uni ko'tarish ekanligini aytadi. SHundan beri "Maync" faqat o'zining akademiyasida ishlagan murabbiylarni asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlay boshladi. Klopp, Tuxel, va SHmidtdan so'ngra Sandro SHvarc bosh jamoani boshqarayotgan to'rtinchi "Maync"ning o'z murabbiyisi hisoblanadi. U hali 40 yoshga ham to'lgani yo'q. 

Bundan tashqari "Verder"da ishlayotgan 35 yoshli Florian Kofeldt ham ancha samarali mehnat olib bormoqda. U bilan shartnoma 31 dekabrga qadar edi, biroq uning ishidan qoniqqan rahbariyat murabbiy mavsum oxirigacha jamoada qolishini malum qildi. Xullas, Germaniya Bundesligasida bundan buyon nafaqat yaxshi futbolchilar, balki yosh murabbiylar ham o'zini ko'rsatib, nemis futbolini yangi bosqichga olib chiqishsa ajab emas. 

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика