Germaniya TJning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
10 jan 2021 19:38
Yangiliklar


Germaniya TJning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
So'rovnoma natijalariga ko'ra, “Bavariya” kiperi Manuel Noyer eng yaxshi deb topildi.
Nemis futbol ittifoqi tomonidan o'tkazilgan ovoz berish jarayonida Noyerning variantini 57,8 foiz muxlis tanladi. U Serj Gnabri (15 %) va Mattias Ginter (9,3)dan katta farq bilan o'zib ketdi.
Noyer Germaniya TJ safidagi debyutini 2009 yil o'tkazgan. SHundan beri u terma libosida 96 o'yinda maydonga tushdi va 93 ta gol o'tkazib yubordi. SHuningdek, 34 yoshli posbon 41 bahsda darvoza dahlsizligini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar