So’nggi yangiliklar

22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  0 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  1 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  7 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  10 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  17 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  12 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  163 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0

Germaniya terma jamoasining eng kamtar futbolchisi haqida Yangiliklar

Germaniya terma jamoasining eng kamtar futbolchisi haqida

Teglar :  Germaniya
JCH-2018 o'yinlarida ishtirok etadigan Yonas Xektor turli mavzularga oid savollarga javob berdi.

20 yoshida “Auersmaxer” safida o'zini ko'rsatgan va “Keln”ga ko'chib o'tgan. Jamoa yoshlar tarkibida o'ynayotgan bo'lsada, Xektor hamon chinakamiga professionallar qatoriga o'ta olmagandi. Keyingi ikki yilda u Germaniya to'rtinchi ligasida to'p tepib, tajriba orttirayotgandi – «Keln» asosiy tarkibiga, yana ikki yil o'tib esa terma jamoa tarkibida Jahon CHempionatiga yo'l oldi.

Xektor ko'pchilikning etibori tushib ulgurgan chap qanot himoyachi bo'lishdan tashqari, Yoaxim Lev tizimi uchun muhim o'yinchilardan biri hisoblanadi. “Yonas juda aqlli, mehnatkash va chap qanotda ham, markazda ham o'ynay oladigan ajoyib futbolchi”, — deydi bosh murabbiy u haqida.

Tarixdagi 3ta eng yaxshi nemis futbolchi?
— Aynan 3tasini tanlab, ajratish qiyin. Futbolimiz tarixida ajoyib o'yinchilar juda ko'p bo'lgan. Lekin 1954 yilgi Jahon CHempionatida g'alaba qozongan jamoa kapitani Fric Valterni alohida takidlab o'tish mumkin. Bir nechta o'yinchini sanash esa biroz qiyin. SHuning uchun, faqat uni aytaman.

Ultras qo'shiq tinglaganda o'ynash yaxshimi yoki sokinlikdami?
— Ultras qo'shiq sadosi ostida maydonga tushish yaxshi. Biroq menga muxlislar ovozini eshitish ko'proq yoqadi. Umuman olganda sokinlikni sevaman, lekin stadionlardagi tinchlikni emas. SHu sababli, mavsumoldi uchrashuvlarni unchalik yoqtirmayman. CHunki u erda ko'plab muxlislarni uchratmaysiz.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaysizmi?
— Yo'q, nega? Bir nechta akkauntim bor. Lekin ulardan faqat shaxsiy xabarlar uchun foydalanaman.

Sevimli kiyinish uslubingiz?
— Kejual. Sababi qulaylikni yoqtiraman.

Garderobingizdagi sevimli kiyimingiz?
— Djinsi va futbolka — qaerga borsangiz ham eng qulay kiyimlardan biri.

Taom tayyorlashni bilasizmi?
— Ha! Har holda men shunday deb o'ylayman. SHohona taom — lazanyani qoyilmaqom qilib tayyorlayman.

Qaysi mahsulotlarni ko'proq miqdorda ham sotib olishingiz mumkin?
— Pomidorlarni. CHunki ularni juda ham yaxshi ko'raman.

Oxirgi ko'rgan serialingiz?
— Demien Lyuis va Pol Djamatti ishtirokidagi «Milliardlar» seriali.

Qaysi filmdan tasirlangansiz?
— To'g'risini aytsam, menga hujjatli filmlar yoqadi. Yaqinda Leonardo da Vinchi haqidagi filmni ko'rdim. U juda qiziqarli.

So'nggi o'qigan kitobingiz?
— Yaqinda Yussi Adler-Olsenning bir nechta asarlarini o'qib chiqdim. U daniyalik detektiv asarlar muallifi Germaniyada ancha mashhur.

Kunni telofon bilan birgalikda o'tkazish... Bu sizga xos holatmi?
— Iloji boricha telefondan kamroq foydalanishga harakat qilaman. Unga bog'lanib qolib, bir kunim mobil aloqa vositasi bilan birgalikda o'tib ketishini xohlamayman. SHunga ehtiyot bo'lish kerak.

Selfi qilasimi?
— Voy, to'g'risi unga umuman toqatim yo'q. Hattoki, oddiy rasmga tushishni ham uncha yoqtirmayman.

Nima sabab bunchalik soddasiz?
— Ota-onamning tarbiyasi.

To'yib uxlashingiz uchun nechchi soat etadi?
— Menimcha, 8 soat etarli.

So'nggi marotaba qachon tiniqib uxladingiz?
— Uncha ko'p bo'lmadi, kuni-kecha mazza qilib uxladim.

Germaniyada sizni tashvishga soladigan muammolar bormi?
To'g'ri, Germaniyada o'zaro hurmat yaxshi. Lekin men bundan ham yaxshiroq bo'lishini xohlayman.

Insonlarda nimani ko'proq qadrlaysiz?
— Xayrixohlik.

Pulga munosabatingiz?
— Ular borligi ajoyib, albatta. Biroq, pul haqida suhbatlashish menimcha muhim emas.

Orzungiz?
— Yaqinlar yonida tinch va baxtli hayot kechirish. Bu men uchun juda muhim.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика