Germaniya terma jamoasining bo'lajak o'yinlar uchun tarkibi malum bo'ldi
06 okt 2023 18:30
Yangiliklar
Germaniya terma jamoasining bo'lajak o'yinlar uchun tarkibi malum bo'ldi
Germaniya Futbol Associaciyasi rasmiy sayti bo'lajak o'yinlar uchun terma jamoa tarkibini elon qildi. Bundestimda birdaniga 3 nafar debyutant bo'ladi: Robert Andrix ("Bayer"), Kevin Berens ("Union") va Kris Fyurix ("SHtutgart").
Darvozabonlar: Mark-Andre ter SHtegen ("Barselona"), Kevin Trapp ("Ayntraxt"), Bernd Leno ("Fulxem"), Oliver Baumann ("Xoffenxaym").
Himoyachilar: Antonio Ryudiger ("Real"), Malik Tiav ("Milan"), Jonatan Ta ("Bayer"), Mats Xummels, Niklas Zyule (ikkisi – "Borussiya" Dortmund), David Raum ("Leypcig"), Robin Gosens ("Union").
Yarim himoyachilar va hujumchilar: Joshua Kimmix, Leon Gorecka, Tomas Myuller, Jamol Musiala, Leroy Sane (barchasi – "Bavariya"), Kay Xaverc ("Arsenal"), Niklas Fyullkrug, Yulian Brandt (ikkisi – "Borussiya" Dortmund), Florian Virc, Yonas Xofmann, Robert Andrix (barchasi – "Bayer"), Paskal Gross ("Brayton"), Ilkay Gyundogan ("Barselona"), Kevin Berens ("Union"), Kris Fyurix ("SHtutgart").
Germaniya terma jamoasi 14 oktyabrda AQSH, 18 oktyabrda esa Meksika bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Fikrlar