So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Germaniya – O'zbekiston uchrashuvi “Bunyodkor”da Yangiliklar

Germaniya – O'zbekiston uchrashuvi “Bunyodkor”da

Yoshlar o'rtasida davom etayotgan jahon chempionati doirasida 4 iyun kuni O'zbekiston va Germaniya futbolchilari bahsi bo'lib o'tdi.
“Bunyodkor” stadioni restoranida uchrashuvni katta ekran qarshisida tomosha qilish tashkil etildi. Marosimda Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi xodimlari, futbol jamoatchiligi vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv boshlanishi arafasida “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktori Baxtiyor Boboev hamda Germaniyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi janob Naytxart Xyofer-Vissing so'z olishib, jamoalarga omadlar tiladilar.

Tanaffus paytida O'zbekiston va Germaniya futboli tarixiga oid savollar asosida qiziqarli viktorina tashkil etildi. G'oliblarga “Bunyodkor” FK tomonidan tayyorlab qo'yilgan sovg'alar topshirildi.

Uchrashuv yakunlangach, o'yin natijasini to'g'ri topgan (avvaldan tarqatilgan kuponga to'g'ri hisob yozib qoldirgan) muxlisga maxsus sovg'a topshirildi. “Bunyodkor” FK prezidenti Bedil Alimov va GFRning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi bir-birlariga futbol to'plarini sovg'a qilishdi.

Janob Naytxart Xyofer-Vissing tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirib, “Bunyodkor” vakillarini Berlinda bo'lib o'tadigan UEFA CHempionlar ligasining final uchrashuvini tomosha qilishga taklif etdi.

Tadbir fotojamlanmasi bilan ushbu HAVOLAga o'tgan holda tanishishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика