Germaniya o'z tarixida ilk marta bir yil ichida 6 marta mag'lub bo'ldi
17 okt 2018 08:20
Yangiliklar
Germaniya o'z tarixida ilk marta bir yil ichida 6 marta mag'lub bo'ldi
Kecha Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi 4-turida Franciyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu esa Germaniyaning 2018 yildagi 6-mag'lubiyati bo'ldi. Bu terma jamoa tarixidagi eng yomon ko'rsatkich. Bungacha Germaniya 1985 va 1956 yillarda 5 tadan o'yinda mag'lub bo'lgandi.
Yil davomida terma jamoa atigi 3 ta o'yinda g'alaba qozondi va 2 ta o'yinda durang qayd etdi. 2000 yildan beri ilk marta ketma-ket 2 ta rasmiy o'yinda mag'lub bo'lishdi.
Fikrlar