Germaniya Kubogi. Ikki soat davom etgan uchrashuvda "Bavariya" g'alaba qozondi
07 fev 2019 03:45
Yangiliklar
Germaniya Kubogi. Ikki soat davom etgan uchrashuvda "Bavariya" g'alaba qozondi
Uchrashuv 2006 yilgi Jahon chempionati final uchrashuviga mezbonlik qilgan "Olimpiashtadion" maydonida o'tkazildi va qo'shimcha taymlarda 3:2 hisobida nemis grandining g'alabasi bilan yakunlandi.
G'alaba to'pi ekstra-taymda, aniqrog'i 98-daqiqada Robert Levandovskining ajoyib uzatmasidan so'ng Kingsli Koman tomonidan kiritildi. "Bavariya" tarkibida Serj Gnabri dubl qayd etgan bo'lsa, "Gerta" futbolchilaridan Maksimilian Mittelshtedt va Deyvi Zelke o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi.
Oqibatda, "Bavariya" musobaqadagi yurishini davom ettirib, chorak finalga yo'l oldi.
Gerta – Bavariya 2:3 (1:1, 1:1, 0:1)
"Olimpiyashtadion"
Gollar: 1:0 – 3 Mittelshtedt, 1:1 – 7 Gnabri, 1:2 – 49 Gnabri, 2:2 – 67 Zelke, 2:3 – 98 Koman.
Gerta – Yarsteyn, Rekik, SHtark, Plattenxardt, Mittelshtedt, Kalu (Klyunter, 82), Lazaro, Gruyich, SHelbred (Lustenberger, 103), Duda (Torunariga, 110), Ibishevich (Zelke, 64).
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Goretcka, Alkantara, Xames (Martines, 119), Gnabri (Riberi, 89), Koman (Myuller, 120), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Goretcka (3), Levandovski (120).
|
Hertha Berlin Maximilian Mittelstaedt - 3', Davie Selke - 66' |
DFB Pokal . 1/8-tur 07/02/2019, 00:45 3
:
2
Finished AET
|
Bayern Munich Serge Gnabry - 7', Serge Gnabry - 49', Kingsley Coman - 98' |
Stadion: Olympiastadion, 74667 tomoshabin
Bosh hakam: Markus Schmidt





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar