Germaniya kubogi. "Bavariya" finalda!
11 iyu 2020 01:44
Yangiliklar
"Alyanc-Arena"da o'tkazilgan bahsda Frankfurtning "Ayntraxt" klubi "Bavariya qarshisida ojiz qoldi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Ivan Perishich tomonidan urilgan gol mezbonlarning tanaffusga g'olib sifatida chiqishlari uchun kifoya qildi. 69-daqiqada esa Danni da Koshta gol urib hisobni tenglashtirdi, ammo frankfurtliklarning quvonchi uzoqqa bormadi. Oradan 5 daqiqa o'tgach Robert Levandovski uchrashuvga yakuniy hisobni o'rnatdi va "Bavariya"ni finalga olib chiqdi. Eslatib o'tamiz, myunxenliklar finalda Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan kuch sinashishadi.
Bayern Munich Ivan Perisic - 14', Robert Lewandowski - 74' |
DFB Pokal . 1/2-tur 11/06/2020, 00:45 1
:
2
Tugadi
|
Eintracht Frankfurt Danny da Costa - 69' |
Stadion: Allianz Arena, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Fritz
Germaniya kubogi
1/2 final
"Bavariya" – "Ayntraxt F" 2:1
10 iyun, 23.45, "Alyanc-Arena"
Gollar:
1:0 – 14 Perishich, 1:1 – 69 da Koshta, 2:1 – 74 Levandovski.
"Bavariya" – Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Goretcka (Martines, 86), Devis, Koman (Alkantara, 61), Perishich (Lyuka Ernandes, 61), Levandovski, Myuller.
"Ayntraxt F" – Trapp, Ture (da Koshta, 66), Abraam, Ndika, CHendler, Rode, Ilzanker (Torro, 77), Gachinovich (Kamada, 66), Kor (Dost, 77), Xinteregger, Andre Silva.
Ogohlantirishlar:
Perishich (44), Andre Silva (88), Lyuka Ernandes (90), Xinteregger (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar