Germaniya kubogi. "Bavariya" finalda!

Germaniya kubogi 1/2 final uchrashuvi nihoyasiga etdi.

"Alyanc-Arena"da o'tkazilgan bahsda Frankfurtning "Ayntraxt" klubi "Bavariya qarshisida ojiz qoldi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Ivan Perishich tomonidan urilgan gol mezbonlarning tanaffusga g'olib sifatida chiqishlari uchun kifoya qildi. 69-daqiqada esa Danni da Koshta gol urib hisobni tenglashtirdi, ammo frankfurtliklarning quvonchi uzoqqa bormadi. Oradan 5 daqiqa o'tgach Robert Levandovski uchrashuvga yakuniy hisobni o'rnatdi va "Bavariya"ni finalga olib chiqdi. Eslatib o'tamiz, myunxenliklar finalda Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan kuch sinashishadi.

Germaniya kubogi

1/2 final

"Bavariya" – "Ayntraxt F" 2:1 

10 iyun, 23.45, "Alyanc-Arena"

Gollar:

1:0 – 14 Perishich, 1:1 – 69 da Koshta, 2:1 – 74 Levandovski.

"Bavariya" – Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Goretcka (Martines, 86), Devis, Koman (Alkantara, 61), Perishich (Lyuka Ernandes, 61), Levandovski, Myuller.

"Ayntraxt F" – Trapp, Ture (da Koshta, 66), Abraam, Ndika, Chendler, Rode, Ilzanker (Torro, 77), Gachinovich (Kamada, 66), Kor (Dost, 77), Xinteregger, Andre Silva.

Ogohlantirishlar:

Perishich (44), Andre Silva (88), Lyuka Ernandes (90), Xinteregger (90).


Manba: championat.asia