Germaniya - Ispaniya uchrashuvidan so'ng nemis jamoasi murabbiyi hakamlar xonasiga bostirib kirdi
06 iyu 2024 16:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/795740_original.jpg)
![](/upload/storage/795740_220.jpg)
Germaniya - Ispaniya uchrashuvidan so'ng nemis jamoasi murabbiyi hakamlar xonasiga bostirib kirdi
Germaniya terma jamoasi yordamchi murabbiyi Ispaniyaga qarshi bahsda hakamdan g'azablandi.
Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 chorak finalida Germaniyani 2:1 hisobida taslim qildi. Uchrashuv bosh hakami Entoni Teylor Jamal Musiala zarbasidan so'ng to'p Mark Kukurelya qo'liga tekkanidan so'ng ispanlar darvozasiga penalti belgilamadi.
Malumotlarga ko'ra, uchrashuvdan so'ng nemislar yordamchi murabbiyi Sandro Vagner hakamlar xonasiga bostirib kirgan va Entoni Teylorni baland ovozda haqorat qilgan.
Katta ehtimol Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi belgilanmagan penaltidan g'azablangan.
O’xshash yangiliklar
03:20
Ispaniya Kubogi. "Barselona" chorak finalda qiyinchilik ko'rmadi, Torres sobiq jamoasini ayamadi 67
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar