Germaniya chempionati. “SHalke-04” o'z uyida “Maync”dan ustun keldi
21 okt 2017 01:36
Yangiliklar
Germaniya chempionati. “SHalke-04” o'z uyida “Maync”dan ustun keldi
Germaniya chempionatining 9-turida “SHalke-04” jamoasi Gelzenkirxendagi “Feltins-Arena”da “Maync”ni taslim etdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Leon Gorecka hisobni ochgan bo'lsa, 74-daqiqada Gvido Burgshtaller o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ushbu g'alabadan keyin “SHalke” ochkolarini sonini 16 taga etkazdi va turnir jadvalining 4-pog'onasiga ko'tarildi. “Maync” esa 10 ochko bilan jadvalning 11-pog'onasida bormoqda.
Germaniya - Bundesliga. 9- tur.
SHalke-04 – Maync 2:0
Gollar: 1:0 – Gorecka – 13, 2:0 – Burgshtaller – 74.
Fikrlar