Georgiy Kvesieshvili: “Ijobiy natijada xissam borligidan xursandman”
18 apr 2016 07:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205179_original.jpg)
![](/upload/storage/205179_220.jpg)
Georgiy Kvesieshvili: “Ijobiy natijada xissam borligidan xursandman”
-Bugun
chinakam jangavor durang qayd etdik, - deydi Kvesieshvili. - Uchrashuv qiyin
o'tishini avvaldan bilardik. SHunga mos ravishda puxta tayyorgarlik ko'rildi.
Muxlislarga katta rahmat! Ularning qo'llab-quvvatlashi bizni oxirgi soniyalargacha
hujumkor futbol namoyish etishga undadi. Hisobda ortda borayotib, men kiritgan gol
evaziga jamoam mag'lubiyatdan qutulib qolganidan, ayniqsa, “Qizilqum”ning ijobiy
natijasi uchun hissa qo'shganimdan judayam xursandman.
Jamoamizda
ajoyib muhit hukmron. Bunday ahil jamoa bilan hali ko'plab g'alabalarni qo'lga
kiritishimizga ishonaman. SHunday jamoada to'p surayotganimdan mamnunman, albatta.
Keyingi uchrashuvlarda ham faqat muxlislarni quvontirish uchun bor kuch va
mahoratimni ishga solishga harakat qilaman, - deydi himoyachi.
“Qizilqum”
PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar