So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Gennadiy Krasnickiy tavalludiga 82 yil to'ldi! Yangiliklar

Gennadiy Krasnickiy tavalludiga 82 yil to'ldi!

"Paxtakor" klubi tarixida o'chmas iz qoldirgan, O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi Gennadiy Krasnickiy faoliyatiga nazar solib o'tamiz.

GENNADIY KRASNICKIY
To'liq ismi:
Gennadiy Aleksandrovich Krasnickiy
Tug'ilgan sanasi va joyi: 27.08.1940, Toshkent
Vafot etgan sanasi va joyi: 12.06.1988, Qo'rg'ontepa, Tojikiston
Ampluasi: hujumchi
Faoliyati: "Paxtakor" 1958-1970 (400dan ortiq uchrashuv, 200dan ortiq gol)
SSSR terma jamoasida 3 o'yin o'tkazib, 1 gol muallifi bo'lgan.
Murabbiylik faoliyati: 1970 "Traktor", 1971 "Paxtakor", 1972 "Yangier", 1973 "Traktor", 1974-76 "Paxtakor", 1977 "Yangier", 1983-85 "Zvezda" (Jizzax).
1986-87 yillarda Respublika kasaba uyushmalari qo'mitasida futbol bo'limi boshlig'i bo'lib ishlagan.
Grigoriy Fedotov to'purarlar klubi azosi (113 gol bilan). "SHuhrat" medali sohibi (2006 yil).
"Paxtakor"da 322 uchrashuvda 142 gol urishga erishgan.

O'zbek futboli tarixida Gennadiy Krasnickiyning ismi muhim o'rin tutadi. CHunki u birinchi bo'lib Grigoriy Fedotov nomidagi to'purarlar klubiga azo bo'lishni uddalagan, O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. "Pishevik" stadionida millionlar o'yini bilan shug'ullanishni boshlagan Genadagi iqtidorni uning birinchi murabbiyi Gennadiy Ermakov o'z vaqtida payqagan. Aynan Ermakov musobaqa tashkil qilib, iqtidorli bolalarni tanlab olgan paytda ularning qatorida Gena ham bor edi. 1956 yilda Krasnickiy O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida "Paxtakor" Markaziy stadionida maydonga tushgandi. Ungacha esa o'smirlar tarkibida bir necha musobaqalarda g'alaba qozongan. 1958 yil 18 yoshga to'lgan o'yinchini mamlakatning bosh jamoasi hisoblangan "Paxtakor"ga qabul qilishadi. O'zining birinchi uchrashuvidayoq Gena buyuk istedod egasi ekanligini namoyish qiladi. O'sha kuni birinchi ligada Nijniy Tagilning "Metallurg" klubiga qarshi uchrashuvda Krasnickiy 79-daqiqada hisobni 2:0ga etkazdi. Birinchi mavsumda hujumchi 12 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.




Keyingi mavsumlarni ham u ajoyib tarzda o'tkazdi. 1959 yil 12ta gol urgan Gena jamoasining oliy ligaga yo'llanma olishiga o'z hissasini qo'shdi. 1960 yil ilk marta oliy ligada o'ynagan iqtidor egasi o'zini yo'qotib qo'ymadi va birin-ketin tajribali sanalgan himoyachilarni ortda qoldirdi. Mavsumni 19 bor to'p kiritgan holda yakunlagan Krasnickiy ko'pchilikning etiborini tortdi. 1961 yilda dastlabki etti uchrashuvdan keyin uning hisobida olti gol bor edi. Bu narsa terma jamoa murabbiylari diqqatini ham o'ziga jalb qildi va Krasnickiy navbatdagi yig'inga taklif etildi. Debyutini u Varshavada Polsha termasiga qarshi kechgan o'yinda nishonladi. O'sha paytlarda polshaliklar nafaqat Evropaning, balki jahonning etakchi jamoalaridan biri sifatida etirof etilishardi. Bahs 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bellashuvda hamyurtimiz keyinchalik butun jahonga mashhur murabbiyga aylangan Valeriy Lobanovskiyning o'rniga maydonga tushgan. Umuman olganda, millatchilikka yo'l qo'yilmagan taqdirda Gena terma jamoa bilan ko'proq uchrashuvlarda ishtirok etishi ham mumkin edi. Lekin u vaqtda terma jamoada asosan rus va ukrain o'yinchilar to'p tepishardi. Qolgan millat futbolchilari har qancha ajoyib o'yin ko'rsatishmasin, faqat o'rtoqlik o'yinlari yoki yig'inlarga taklif qilinardi. Evropa va jahon chempionatining final bahslariga murabbiylar o'z "qadrdon"larini taklif etishgan. Ikkinchi o'yinini Krasnickiy 1965 yil Avstriya termasi bilan Moskvadagi uchrashuvda o'tkazgan. O'sha kuni Igor Netto terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasagan. 1966 yil Yugoslaviya bilan Belgradda o'tgan bellashuvda Gena terma jamoa uchun birinchi va oxirgi golini urgan. O'shanda Angliyadagi jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan terma jamoa mundialdan keyingi ilk bahsida maydonga tushgandi.

Bu orada uning klubdagi faoliyati ancha yaxshi davom etdi. 1961 yil 20 to'p kiritib yana bir ajoyib ko'rsatkichni qayd etdi. O'sha mavsumda u 24 uchrashuvda maydonga tushgandi. SHu ko'yi Krasnickiy faoliyatining oxirigacha "Paxtakor" uchun o'ynashda davom etdi. 1971 yilda esa faoliyatini tugatishga qaror qildi. SHu yillar ichida Janubiy Amerikaga uyushtirilgan turneda qahramonliklar ko'rsatdi (jarimadan ajoyib gollar urib, darvoza to'rini teshib yuborib), Grigoriy Fedotov nomidagi to'purarlar klubiga azo bo'lgan birinchi "paxtakorchi"ga aylandi. Unga ko'p marta tazyiq o'tkazishga urinishgan, sport ustasi unvonini yarim yildan keyin bekor qilishgan, turli gap-so'zlarni tarqatishgan.

Diego Maradona o'zining futbolni tanlashiga sabab sifatida aynan Krasnickiyning uzoq masofadan darvoza to'rini teshib yuborgan golini tilga olgan. Genaga havas qilgan argentinalik bolakay oxir-oqibat yulduzga aylandi. Bu faktni ko'pchilik hozirgacha bilmagan bo'lishi mumkin. Maradona o'sha gol haqida yozilgan maqolani o'z arxivida saqlab qo'ygan.




Krasnickiy futbol, Toshkent va "Paxtakor"ni sevgan. O'zi tug'ilib o'sgan yurt futbolining rivojlanishi uchun bor kuchini bergan. Matbuot tomonidan unga uyushtirilgan hujumlar sababi nimada bo'lgan? Ehtimol, Moskva yoki Kievning "Dinamo"si yoki CSKAning taklifini qabul qilmagani uchundir. Boshqa futbolchilar yuqoridagi klublardan taklif bo'lishini kutib yashashardi va birinchi imkoniyatdayoq o'ylab o'tirmasdan chetga ravona bo'lishardi. Gena bo'lsa bir necha marta taklif olganiga qaramay, faoliyatining oxirigacha "Paxtakor"ga, O'zbekistonga sodiq qolgan. Oxir-oqibat uni tan olishdi. SHunday hollar yuz berganki, boshqa mamlakatlardan muxlislar aynan Krasnickiyning o'yinini ko'rish uchun Toshkentga kelib ketishgan!

Futbolchilik faoliyatini tugatgach, u "Traktor", "Paxtakor", "Yangier" hamda "Zvezda" jamoalarida ishlagan. Umrining oxirgi yillarida esa nazoratchi sifatida xizmat qilgan. 1988 yilning 12 iyun kuni u Tojikistonda navbatdagi uchrashuvda o'z vazifasini bajargan. O'yin yakuniga etgach, kutilmaganda Krasnickiy o'zini uchinchi qavatdan erga tashlab yuborgan va hayotdan ko'z yumgan.

Juda kuchli zarbaga ega bo'lgan Genaning bu qobiliyati ko'plab raqiblarga qiyinchilik tug'dirgan. Uning zarbasidan so'ng noqulay ahvolga tushib qolish darvozabonlar uchun oddiy holatga aylangan.

Gena jarima zarbalarini uzoqdan yugurib kelib tepardi. Uning shu harakatining o'zidayoq raqiblar talvasaga tushishardi. SHuningdek, 185 sm bo'y, 90 kg vazn va 39-o'lchamli butsida berilgan zarbadan keyin to'p fantastik kuch bilan uchardi. Ha, Krasnickiy shunday iqtidor sohibi edi.




Bugungi kunda Krasnickiyning nomi O'zbekiston futbol tarixiga yozib borilmoqda. U XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, har yili turli xotira turnirlari o'tkazib kelinadi. Taniqli futbol jurnalisti Vladimir Safarovning Krasnickiyning hayotiga bag'ishlangan kitobi nashrdan chiqqan. O'FF ijroiya qo'mitasi esa "Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi"ni tashkil etishga qaror qildi va faoliyatida 100 gol urgan futbolchilarga klub azoligini bildiruvchi mukofot topshirib kelinmoqda. Bu faktlar ushbu afsonaning xotirasi hozirgi va keyingi avlod tomonidan ham yodga olinishini ko'rsatadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика