So’nggi yangiliklar

08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  0 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  17 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  2 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  132 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  7 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7

Gennadiy Kochnev: Muammolar Nurafshon natijasiga tasir etmoqda Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: Muammolar Nurafshon natijasiga tasir etmoqda

Dinamo - Nurafshon (1:0) uchrashuvidan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- SHunday taassurotki, Nurafshon bir kishi kam bo'lib yomon emas, aksincha yaxshiroq o'ynagandek tuyuldi…

- CHindan ham biz bir kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin ancha yaxshi o'yin namoyish eta boshladik. Afsuski, ketma-ket ikkinchi o'yinda ham biz kamchilik bo'lib o'ynayapmiz. So'nggi turda Zominda ham ikki kishi kam bo'lib qolib, yakunda mag'lubiyatni tan olgandik. Bugun ham chetlatish bo'ldi. Bunda men hakamning ayblamayman, chunki futbolchimiz chindanam ikki vaziyatda ancha qo'pol o'yin namoyish etdi. O'yin borasida gapiradigan bo'lsam, kamchilikda to'p surib ham imkoniyatimiz bo'ldi, ammo vaziyatdan foydalana olmadik. Yigitlar iroda ko'rsatishdi, maydonda bor kuchlarini sarf etishdi. Ularga etirozim yo'q.

- Ushbu bahsni Nurafshon uchun mavsumdagi eng og'ir va muhim o'yin desa bo'ladimi?

- Muhim bahslardan biri edi. Eng og'ir uchrashuvlar sirasiga ham kiritish mumkin. Joriy mavsumda 3-4 mana shunday o'yinlar bo'ldi. Ochko ishlashimiz kerak bo'lgan aksariyat o'yinlarda afsuski ochkolarni yo'qotgan paytlarimiz ham bo'ldi.

- Nurafshon birinchi davrani kuchli beshlikda yakunlamoqda. Bu qoniqarli natijami?

- Jamoamizdagi bir qator muammolarni inobatga oladigan bo'lsak, hozirgi natijamiz qoniqarli. CHunki, bir qator jamoalar singari bizda ham moliyaviy muammolar uchrab turibdi. Muammolar jamoa natijasiga tasir etmoqda. Bunday sharoitda butun jamoani bir maqsad sari boshlash har qancha qiyin bo'lmasin, yigitlar har uchrashuvda bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi. Ularga rahmat deyman.

- Yil boshida jamoaning oldiga Oliy Ligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Bu maqsad o'zgarmaydimi?


- Aslo, biz yil boshidagi vazifamiz - Oliy Ligaga chiqish uchun kurashishda davom etamiz. To'g'ri, muammolarimiz bor, ammo umid qilamanki birinchi davra yakunidan keyin bu borada ijobiy o'zgarishlar bo'ladi. CHunki, viloyatimiz rahbariyati jamoaga yordam berishini aytgan.

- Nurafshon Birinchi Liganing barqaror klubi sifatida gavdalanayotgan edi…


- Sizga shuni aytishim mumkinki, Nurafshonning moliyaviy holati Birinchi Ligadagi eng yomonlaridan biri.

- Birinchi davra haqida qisqacha…


- Klubimiz hozirda 4-o'rinda bo'lsada, biz aksariyat o'yinlarda muhim ochkolarni yo'qotdik. Yani, biroz yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. Ammo klubdagi holatni inobatga olib aytganda, davrani hozirgi o'rinimizda yakunlash yomon natija emas.

Usmon IBODOV yozib oldi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика