Gennadiy Denisov: "Futbolga onam tufayli kirib kelganman"
16 jan 2014 10:42
Yangiliklar
Gennadiy Denisov: "Futbolga onam tufayli kirib kelganman"
SHunday bo'lib chiqdiki, Gennadiy Anatolevich bilan suhbatlashish uchun Olmaliqqa borishimizdan oldin O'zbekistonning 2013 yilgi eng yaxshi futbolchisi nomi elon qilindi - Vitaliy Denisov.
Xullas, biz nafaqat mashhur sobiq himoyachi, balki mamlakatning eng yaxshi futbolchisi otasi bilan bafurja gurunglashishga muyassar bo'ldik.
- Gennadiy Anatolevich, sizni endi O'zbekistonning 2013 yilgi eng yaxshi futbolchisi otasi sifatida tabriklaymiz...
- Rahmat. Fursatdan foydalanib, o'g'limning muvaffaqiyatidan quvongan va bizni qutlagan barcha kishilarga minnatdorchilik bildiraman. Hattoki, hozirgacha tabrik qo'ng'iroqlari tinmayapti. SHu o'rinda Vitaliyning kelajagiga ishongan va ovoz bergan, shuningdek, unga mehnatlari singgan murabbiylarga ham katta rahmat deyman...
- Bu gaplarni shunday hayajon bilan aytyapsizki, Vitaliyning bu yutug'i sizga naqadar qadrli ekanligini ko'rish g'oyat yoqimli bo'lyapti...
- Vitaliyning nimalarni his qilayotganligini bilmayman. Ammo shaxsan men haligacha nima yuz berganligini to'la anglay olmayapman. Ha, o'g'limning qobiliyati, mehnatsevarligi, mavsumni yuksak darajada o'tkazganligini bilaman. Lekin yilning eng yaxshi futbolchisi maqomi men uchun kutilmagan yoqimli holat bo'ldi.
- Endi o'zingizga qaytsak, avvalo, futbolga kirib kelishingiz tarixi xususida batafsil to'xtalib o'tsangiz...
- Millionlar o'yiniga bolaligimdan mehr qo'yganman. Ertalabdan kechgacha ko'cha-ko'yda o'ynardik. Hayotda nimaga erishgan bo'lsam, barchasida onamning hissasi katta. Futbolga qiziqishim o'ta kuchliligini ko'rgan onam meni Toshkentga, Titov nomli sport internati (hozirgi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji)ning futbol to'garagiga olib bordi. Ko'rib turibsizki, uning qarori to'g'ri bo'lgan. Ona-onalarning o'z farzandlarining qiziqishlariga ko'proq etibor qaratishlari juda muhim. Bazan shunday hoalatlar ham bo'ladiki, ota-onalar o'z o'g'illarining futbol bilan shug'ullanishlarini xohlashadi, bolada esa umuman qiziqish yo'q...
- Xo'sh, siz maktabdagi tahsilni necha yoshda boshlagansiz?
- 11 yoki 12 yoshda edim va meni 5-sinfga qabul qilishgandi.
- Demak, 11 yosh futbol bilan shug'ullanish uchun kech emas ekanda? Ayrim murabbiylar esa millionlar o'yini bilan 7-8 yoshdan shug'ullanish zarurligini takidlashadi...
- Yo'q, albatta. 7-8 yoshdan boshlab shug'ullanish yaxshi. Lekin 10-12 yoshda ham kech emas. Umuman, yoshning unchalik ahamiyati yo'q. Aytaylik, iqtidor sohiblari futbolga juda kech kelishlari, shunga qaramay, katta muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Aksincha, 7 yoshdan boshlab maydondan chiqmaydigan, lekin hech narsaga erisholmaydiganlar ham yo'q emas.
- Birinchi ustozingiz...
- ...Marhum Viktor Moiseevich Nau-menko. U o'z vaqtida Paxtakorning taniqli o'yinchilaridan biri bo'lgan.
- Sport-internatida kimlar bilan birga o'qigansiz? Ularni eslay olasizmi?
- Albatta, eslayman. Biroq ularning nomlari muxlislarga hech narsani anglatmaydi, deb qo'rqaman.
- Dastlabki professional jamoangiz...
- Paxtakor. 1978 yili o'rinbosarlar tarkibiga taklif etishgach, deyarli butun faoliyatimni shu jamoada o'tkazdim. Paxtakor u paytda sobiq ittifoqning o'ziga xos jamoalaridan biri edi. Hatto etakchi klublar ham undan cho'chib turishardi. Bunday jamoada to'p surish katta sharaf hisoblanardi.
- Ilk maoshingiz ham esingizdami?
- Bunday voqeani unutib bo'larmidi? Albatta, eslayman. U paytda yosh edim, maoshimning 3 oyligi yig'ilib qolgandi. SHu sababli bir yo'la 120 so'm olgandim. Bu juda katta mablag' edi. O'sha davrda yosh futbolchilarga stipendiya ajratilardi. Aniqroq aytganda, biz talabalarga beriladigan stipendiyadan tashqari, yana 40 so'mdan olardik.
- 1986 yili Moskvaning CSKA klubiga o'tishingiz sabablari nimada?
- O'shanda jamoadagi ko'plab futbolchilarni harbiy xizmatga jalb etishgandi. Xullas, meni CSKAga, Igor SHkvirinni Lvovning SKA-Karpatisiga, Marat Kabaevni esa Rostovning SKA klubiga safarbar etishdi. Armiyachilar libosida 19 marta maydonga tushdim. Ikkinchi farzandim - Vitalik tug'ilganidan keyin meni muddatidan avval harbiy xizmatdan ozod qilishdi va yana Paxtakorga qaytdim.
- Siz O'zbekiston chempionatining g'olibi hamda sovrindori ham hisoblanasiz. Lekin jonajon klubingiz - Paxtakor safida emas...
- Sobiq ittifoq birinchiligi parchalanib ketgach, meni Vladikavkazning Spartak klubiga taklif etishdi. Bu jamoa sharafini 3 yil himoya qilib, Rossiya chempionati kumush medalini qo'lga kiritdim. Keyin 1995 yili Birodar Abduraimovning chorloviga asosan Navbahor tarkibiga qo'shildim. Birodar Hasanovich o'shanda anchayin jangovar jamoa shakllantirgandi. Biroq o'z maydonimizda azaliy raqib - Neftchiga imkoniyatni boy berdik. Vodiy derbisida mag'lubiyatga uchrashning ahamiyatini yaxshi bilsangiz kerak. Xullas, shundan so'ng Abduraimov istefo so'rab, ariza yozdi.
- CHempionlikka sazovor bo'lgan jamoadoshlaringiz bilan aloqangiz saqlanib qolganmi?
- Ha, lekin hamma bilan emas. Farhod Magometov, Sergey Arslonov, Tohir Madrahimov va Saydullo Tursunov bilan tez-tez qo'ng'iroqlashib turamiz.
- Gennadiy Anatolevich, hozirda qaysi murabbiylik toifasiga egasiz?
- A licenziyasiga.
- Unda nima uchun bosh murabbiy sifatida ishlamayapsiz? Takliflar yo'qmi yoki o'zingizni mustaqil faoliyat olib borishga tayyor emasman, deb hisoblaysiz...?
- Butsalarimni mixga ilgach, bolalar futbolida ishlay boshladim. CHig'atoyda mendan saboq olgan bolalar orasida iqtidorli yigitlar anchagina edi. Bir kuni Igor SHkvirin meni o'z shtabiga taklif qildi. SHundan buyon u bilan hamkorlikda ishlayapman. Takliflar ham bo'ldi, hozir ham yo'q emas. Ularning birortasi qiziqtirib qolsa, albatta, o'z omadimni sinab ko'raman.
- Ko'pchilik anchadan buyon SHkvirin-Denisov tandemidan o'ziga xos portlashni, yani Olmaliqning sovrinli o'rinlarga davogarlik qilishini kutyapti. Biroq jamoa hanuzgacha barqarorlikka erisholmayapti. Bir qarasang, grandlar dodini beradi, keyin esa kutilmaganda, autsayderlarga ochko ulashadi...
- Har mavsum tarkib 50 foizga o'zgargach va jamoani qaytadan shakllantirishga to'g'ri kelgach, qanday qilib barqarorlikka erishish mumkin? Xayriyatki, bu yil jamoa o'zagini saqlab qolishga erishdik.
- Aynan shu xususda so'ramoqchi edik: nima uchun aksariyat futbolchilarimiz faqat 1 yillik shartnoma imzolashadi?
- Bu savolga javob berolmayman. Yaxshisi, futbolchilarning o'zlaridan so'rash kerak. Men shartnomalarga oid masalalarga aralashmaslikka harakat qilaman.
- Olmaliq murabbiylar shtabida selekciya masalalari bilan shug'ullanadigan mutaxassislar bormi?
- Yo'q, faqat shu masala bo'yicha alohida shtatga ega emasmiz. Iqtidorlarni izlab topish - murabbiylar shtabining umumiy vazifasi. Bazan izlanishlarimiz samara beradi, bazida iqtidorli futbolchilarning o'zlari kelishadi. Biz ularni sinovdan o'tkazib, lozim topsak, jamoaga qabul qilamiz.
- Bizda faqat 2-3ta jamoaga futbolchilar o'z ixtiyorlari bilan borib, yig'inlarda omadlarini sinab ko'radilar. Qolgan klublar esa nomzodlarni qidirib topishga majburlar. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- Futbolchi, umuman, sportchining faoliyati juda qisqa bo'ladi. Ana shu davr ichida o'zini moddiy jihatdan taminlaydigan mablag'ni jamg'arishga ulgurishi shart. SHu sababli tez-tez jamoa almashtirib turadigan futbochlilarga tanbeh berish fikridan yiroqman. Klublarga kelsak, qaerda moliyaviy masalalar talab darajasida bo'lsa, o'sha erda nomzodlarni saralab olish imkoni bor.
- Siz faoliyat yuritayotgan Olmaliqda qanday yangiliklar bor? Xorij mamlakatlariga chiqishni rejalashtiryapsizlarmi?
- Hozircha o'zimizda shug'ullanyapmiz. Xorij safarlari xususida ayrim rejalar yo'q emas. Lekin hali aniq bir to'xtamga kelmadik. Aslida bu erdagi tayyorgarlik ham chakki emas. Qor va izg'irin bizni cho'chitolmaydi (kuladi).
- Oilangiz haqida ham bilmoqchi edik...
- CHinakam - sportchilar oilasi. Rafiqam o'z davrida engil atletika bilan shug'ullangan. Darvoqe, u sizlarning kasbdoshingiz. Lekin bor vaqtini farzandlar tarbiyasiga sarflagani bois hech qaerda ishlamagan. Undan juda minnatdorman. To'ng'ich o'g'limiz Vyacheslav professional basketbolchi. Vitalikni esa yaxshi taniysizlar.
- Gennadiy Anatolevich, Vitaliy futbolchilik faoliyatini qay tarzda boshlagan?
- Marhum onamdan ibrat olgan holda Vitalikdagi futbolga nisbatan ishtiyoqni to'g'ri baholab, uni Paxtakor futbol maktabiga olib bordim. O'sha payt bolalarga hali hech kimga tanish bo'lmagan Dilshod Nuraliev saboq berardi. O'g'lim aynan uning guruhida shug'ullanishini istadim. Biroq Vitalikning 1987 yilda tug'ilganini bilgan Dilshod uning guruhidagilar 1 yosh katta ekanliklari, Vitalikni 1 yildan keyin qabul qilishini aytdi. SHunda undan o'g'limga shunchaki, shug'ullanib turish uchun ruxsat berishini so'radim. SHu tariqa kelasi yili sinovlardan o'tishi osonroq bo'lardi. Biroq oradan bir yil o'tgach, Nuraliev Vitaliyni boshqa guruhga o'tkazishlariga qatiyan qarshi chiqdi. SHu-shu uning guruhida shug'ullanishni davom ettirdi.
- Rossiyaga qanday borib qol-di?
- Bizni Moskvaning Akademika klubiga taklif etishdi. Vitalik tanlovdan muvaffaqiyatli o'tdi. Oradan 6 oy o'tgach, bizni yana chaqirishdi. U erga etib borganimizdan keyin o'g'limning barcha shaxsiy buyumlarini qaytarib berishdi. Talabalarning taminotini klub o'z zimmasiga olarkan. CHindan ham, u erda o'g'limning tahsil olishi, yurish-turishi va maishiy sharoiti xususida hech qanday muammo tug'ilmadi. Mana buni chinakam professionallik deyish mumkin: yosh iqtidor sohiblari uchun malum sarmoyani sarflab, keyinchalik katta daromad oladilar. Atigi bir nafar saviyali futbolchining tran-sferi yuzlab yosh talabalar xarajatlarini qoplaydi. Futbol bozorining qonunlari shunday. Xayriyatki, bizning klublarimiz qoshida ham akademiyalar ochildi.
- Gennadiy Anatolevich, mazmunli va samimiy suhbatingiz uchun katta rahmat. Sog'liq va omad hamisha hamrohingiz bo'lsin!
- Rahmat! Fursatdan foydalanib, butun o'zbek xalqi, shu jumladan, Interfutbol o'quvchilarini Yangi yil bilan tabriklayman. Futbolni seving, u bilan yashang va hech qachon mag'lub bo'lmang!
Malumot uchun
Gennadiy Anatolevich Denisov
Tug'ilgan sanasi va manzili: 1960 yil 20 avgust, Sirdaryo viloyati
Ampluasi: himoyachi Futbolchilik faoliyati: Paxtakor (Toshkent) - 1978-1986, 1987-1991, 401ta o'yin, 32ta gol; CSKA (Moskva) - 1986, 19ta o'yin; Spartak (Vladikavkaz) - 1992-1994; 77ta o'yin, 1ta gol; Navbahor (Namangan) - 1995-1997
Yutuqlari: Rossiya chempionati kumush medali sohibi; O'zbekiston chempioni, bronza medali sohibi (2 marta); sobiq ittifoq birinchi ligasi kubogi sohibi (2 marta)
Futbolchilik faoliyati yakunlangach, Sergeli, CHirchiq, Paxtakor, Lokomotiv, CHig'atoy o'smirlar futbol maktabi (futbol bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi)da murabbiy sifatida ishladi. 2010 yildan Olmaliq klubida katta murabbiy. 2006 yili SHuhrat medali bilan taqdirlangan. Sobiq ittifoq sport ustasi (1982 yili)
O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 5 marta maydonga tushgan

Fikrlar