Geynrixga raqobatchi topildi
20 jan 2014 18:32
Yangiliklar

Geynrixga raqobatchi topildi
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan "Aktobe" klubi yana bir tajribali futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Qozog'iston chempionlari Vladikavkazning "Alaniya" klubi hujumchisi Danilo Nekoni o'z saflariga qo'shib olishdi. Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma ikki yilga mo'ljallangan. Takidlash joiz, bu "Aktobe"ning mavsumlar oralig'idagi to'rtinchi transferi bo'ldi. Nekoga qadar Pavel SHabalin, Valeriy Korobkin hamda Renan Bressanlar ham "Aktobe" bilan shartnoma imzolashgandi. SHu tariqa, terma jamoamiz azosi Aleksandr Geynrixga hujum chizig'ida yana bir raqobatchi topildi. Eslatib o'tamiz, "Aktobe"da Geynrixdan tashqari yana bir hamyurtimiz Temur Kapadze ham harakat qiladi.
Malumot o'rnida
Danilo Montechino Neko
Tug'ilgan yili va manzili 1986 yil 27 yanvar, Mirandopolis, San-Paulu, Braziliya
Fuqaroligi: Braziliya, Portugaliya
Ampluasi: hujumchi
Bo'yi - 174 sm, Vazni - 70 kg.
O'ynagan jamoalari:
2004-2011 - Ponte-Preta (Braziliya)
2010 - CHedju Yunayted (J.Koreya, ijara asosida), - 29ta o'yinda 6ta gol. Koreya K-ligasi kumush medal sovrindori.
2011-2013 - Alaniya (Vladikavkaz). 57ta o'yinda 15ta gol. Rossiya Kubogi finalchisi.
2014 yildan Aktobeda.

Fikrlar