Gazizov “Ufa” O'runov borasida “Spartak” bilan nega kelisha olmaganini tushuntirdi
24 iyu 2021 19:40
Yangiliklar


Gazizov “Ufa” O'runov borasida “Spartak” bilan nega kelisha olmaganini tushuntirdi
“Ufa” bosh direktori SHamil Gazizov futbolchi Oston O'runovning transferi borasida “Spartak” bilan kelisha olmaganliklari haqida gapirdi.
Ufaliklar O'runovni sotib olmaslikka qaror qilishdi, shuningdek, endi u ijaraga ham olinmaydi.
“Malum vaqt davomida belgilangan summani uchga bo'lib to'lashni rejalashtirgandik, “Spartak” esa 70 % miqdorini birdaniga to'lashimizni istadi, qolgan 30 foizini esa bir necha oy ichida. Bu imkonsiz edi”, deydi Gazizov.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli o'zbekistonlik yangi mavsumga tayyorgarlikni “Spartak” o'rinbosarlari tarkibida boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar